Mamurova Mavludaxon Mirxamzaevaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarda surunkali bosh miya ishemiyasini rivojlanishida arterial gipotenziyaning klinik va nevrologik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1045.
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Dushhanova Gul`sum Abduraxmanovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarda arterial gipotenziya negizida rivojlanadigan surunkali bosh miya qon tomirlari ishemiyasining klinik -nevrologik xususiyatlarni baholashga karatilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
patogenetik asoslangan arterial gipotenziyaning tizimlashtirilgan klinik-nevrologik belgilari asosida neyropsixologik og‘ishni hisobga olgan holda surunkali miya ishemiyasining erta belgilari asoslangan;
neyrofiziologik tekshiruv natijalari asosida, klinik ko‘rsatkichlarining tahlili bilan bosh miya gemodinamikasi xamda nevrologik va neyropsixologik buzilishlarga ta’sir qiluvchi arterial gipotenziyada karotid tizim serebral gemodinamikasi orasida o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor arteril gipotenziyaning avj olishi kognitiv va vegetativ buzilishlarning o‘sib borishiga bog‘liqligi, neyropsixologik shkala va nevrologik belgilar bilan taqqoslanganda ob’ektiv tadqiqotlarda R-300 bo‘sag‘asida kognitiv o‘zgarishlar kuzatilishi isbotlangan;
bosh miya jarayonlarining surunkali holatining oldini olish sifatida arterial gipotenziya kuzatilgan yosh bemorlarni al`fosserat xolin va angioprotektor dori vositalari qo‘llanilganda davo samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda surunkali bosh miya ishemiyasni rivojlanishida arterial gipotenziyaning klinik va nevrologik xususiyatlarini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlarda surunkali bosh miya ishemiyasini rivojlanishida arterial gipotenziyaning klinik va nevrologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Arterial gipertenziyada surunkali bosh miya ishemiyasini korreksiyalash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 martdagi 8 n-d/79 son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy amaliyot shifokorlari mos bo‘lgan patogenetik yo‘naltirilgan davolashni to‘g‘ri tanlash, davolash jarayonida sub’ektiv va ob’ektiv nevrologik belgilar dinamikasini baholash, shuningdek, kognitiv faoliyatlar buzilishini to‘g‘rilash imkonini bergan;
yoshlarda surunkali bosh miya ishemiyasni rivojlanishida arterial gipotenziyaning nevrologik xususiyatlarini davolash tashxislash algoritmini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Arterial gipotenziyada surunkali bosh miya ishemiyasini davolash va tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 martdagi 8n–r/79–son ma’lumotnomasi). Natijada patogenetik yo‘naltirilgan davolashni to‘g‘ri tanlash, davolash jarayonida sub’ektiv va ob’ektiv nevrologik belgilar dinamikasini baholash, shuningdek, kognetiv faoliyat buzilishini to‘g‘rilash imkonini bergan.
yoshlarda surunkali bosh miya ishemiyasni rivojlanishida arterial gipotenziyaning klinik va nevrologik xususiyatlari baholashni takomillashtirish natijasida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 5-son shahar klinik shifoxonasi, Buxoro shahar «Azimed shifoxonasi», Samarqand viloyati 1-son oilaviy shifoxonasi, Samarqand tuman tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 08-04–4768-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, ijobiy natijalar sonnini 97,1%ga ortishi, bu an’anaviy davolashga nisbatan 13,8% yuqoriligini, shuningdek, arterial gipotenziyada miyaning surunkali ishemiyasidagi taklif etilgan davolash tashxislash algoritmi davolashning ambulator bosqichida qabul qilinadigan dori vositalari miqdorini kamaytirishga olib kelish imkonini bergan.