Nasriddinov Dadaxon Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy harbiy ta’limda fizika fani mazmunini takomillashtirish (Yong‘in xavfsizligi instituti misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped633.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Begmatova Dilfuza Abdullajonovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikram Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Nurillaev Bobomurod Najmiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy ta’lim tizimida fizika fani mazmunini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy harbiy ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda fizika fani mazmuni, uning mavzulari bayonini zamonaviy ta’lim texnologiyalarini kasbiy yo‘nalganlik, integratsion yondoshuv, axborot ta’minoti tamoyillari asosida joriy etish metodikasi ishlab chiqilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda fizika fanini o‘qitishning uzviyligi tinglovchi va kursantlarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonlari “Aqlli uy” konsepsiyasi asosida evakuatsiyani tashkillashtirish, xonadon egasini yong‘in havfidan ogohlantirish, is gazini miqdorini aniqlash usullari, didaktik elementlar ya’ni ko‘rgazmalilik, konstruktivlik, funksionallik turkumini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda fizika fanining mazmuni mutaxassislarning kasbiy bilimlarini shakllantirishga qaratilgan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy harbiy ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilarining mustaqil o‘quv faoliyat malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, amaliy masalalar hamda eksperimental ishlanmalarga asoslangan metodikani joriy etish mexanizmi axborot-didaktik ta’minotni optimallashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda fizika fani mazmunini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy harbiy ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda fizika ta’limining mazmunini fanlararo aloqadorlik asosida takomillashtirish orqali zamonaviy ta’lim texnologiyalarini kasbiy yo‘nalganlik, interfaollik, axborot ta’minoti tamoyillari asosida joriy etish imkoniyatlariga doir takliflari 650 000 – “Harbiy ta’lim” ta’lim sohasining “Yong‘in xavfsizligi” va “Texnosfera xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 maydagi 89-03-1670-son ma’lumotnomasi). Natijada, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda fizika fanining o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tinglovchi va kursantlarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi, o‘quv jarayonlari uchun didaktik elementlar turkumini ishlab chiqish va fizikadan eksperimental hamda virtual laboratoriya tajribalarini o‘tkazish bosqichlari mazmunini yong‘in xavfsizligi sohasiga oid bo‘lgan fizika qonunlarini namoyishli tajribalar, virtual ishlanmalar hamda simulyasiyalar asosida muvafaqqiyatli namoyish qilish va undan olingan natijalarning nazariy ma’lumotlarga mos ekanligini taqqoslash asosida kengaytirish orqali takomillashtishga oid takliflari “Fizika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 892-son buyrug‘i, 892-053 raqamli guvohnomasi). Natijada oliy harbiy ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlarining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
yong‘in xavfsizligi sohasi tinglovchi va kursantlarini mustaqil o‘quv faoliyat malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy masalalar hamda eksperimental ishlanmalarga asoslangan metodikasini joriy etish mexanizmi axborot-didaktik ta’minotni optimallashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasining MV-Atex-2018-58 “Yangi avlod metallorganik oligomer qo‘shimchali olovbardosh, issiqlik izolyasiyalovchi qurilish materiallarini tadqiq etish va texnologiyasini yaratish” mavzusidagi loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 maydagi 89-03-1670-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi turdagi olovbardosh, issiqlik izolyasiyalovchi materiallar xossalarini bashoratlash imkonini bergan.