Latipov Hayot Ramazonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek mumtoz adabiyotida ma’rifat talqini va orif obrazi (XIII - XV asrlar)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil906.
Ilmiy rahbar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Olim Sadriddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mumtoz adabiyotimizning o‘ziga xos mavzularidan biri bo‘lgan orifona ma’nolarni tarannum etgan asarlarning shakllanish omillarini aniqlash hamda tarixiy taraqqiyoti, g‘oyaviy-badiiy olami va adabiy qahramon – orif xarakterining muhim xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq tasavvuf adabiyotida ma’rifat masalasi va orif obrazining genezisi, taraqqiyot omillari, oriflik tushunchasi hamda orif maqomi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan va forsiy xalqlar adabiyotida orif obrazi takomili va uning turkiy adabiyotga badiiy ta’siri aniqlanib, adabiy qahramon bilan orifning mushtarak tomoni ma’rifatparvarlik ekanligi dalillangan; 
Alisher Navoiy ijodiyotida orifning tariqatdagi ma’naviy darajasi va unga xos sabr, sidq, rizo kabi barqaror hollar ko‘rsatilgan va oriflik maqomiga erishishning usul-u arkoni badiiy aks ettirilgan «Lison ut-tayr» dostoni hamda unga uyg‘un asarlar maxsus tahlilga tortilib,  ma’rifat, ma’ruf, ilmi ladun kabi istilohlarning orif obrazi bilan uzviy aloqadorligi poetik asarlardagi misollar asosida dalillangan;
Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Alisher Navoiy, Qul Ubaydiylar ijodiyotidagi murshid, soqiy, rind, faqir, qul kabi obrazlar orifning tamsilchilari ekanligi aniqlangan;
o‘zbek mumtoz adabiyotida orif obrazining g‘oyaviy-badiiy asoslari ochib berilgan, irfoniy asarlar obrazlari olamida orifning maqom-mavqei hamda ma’rifat g‘oyalarining keng tarqalishidagi badiiy-estetik hamda vazifaviy-mazmuniy xususiyatlari  faktik materiallar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «O‘zbek mumtoz adabiyotida ma’rifat talqini va orif obrazi (XIII–XV asrlar)» mavzusida erishilgan ilmiy natijalardan
o‘quvchi yoshlarning ma’naviy dunyosini kengaytirish va go‘zal xulq egasi hamda ma’nan etuk – komil inson etib tarbiyalashda orifona mavzuda yaratilgan mumtoz adabiyot namunalarining g‘oyaviy mazmuniy jihatdan o‘rganilishining samarasini kuzatish orqali chiqarilgan ilmiy-amaliy xulosalardan XT-F2-004 «O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari» nomli (2008-2010 yy.) fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 89-03-5123-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq ijodi an’analari va milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni asrab-avaylash ruhini yoshlar qalbida shakllantirishda mumtoz adabiy asarlar va qo‘lyozma nusxalarning o‘rganilishidagi tamoyillar asosida muhim xulosalar chiqarish barobarida ma’rifat masalasi va oriflik tushunchasiyu orif maqomi nazariy jihatdan sharhlanib, uning adabiy qahramon bilan mushtarak jihatlari dalillanishiga erishilgan;
“Lison ut-tayrda” dostonida zohid, obid, oshiq va orif kabi o‘nlabobrazlarni yaratishda adibning badiiy mahorati, tasavvufiy qarashlari, jumladan, tariqatlarga munosabatining yoritilganligi, xususan, lirikasidagi oshiq va orif obrazlarini ramz, timsollar jihatidan badiiy talqin etilganligi, «Lison ut-tayr» dostonidagi tasavvufiy hayot, ruhoniy tarbiya, ma’ruf va orif munosabatlari xususidagi ilmiy-nazariy  xulosalardan A-1-118«Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish» (2015–2017yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 89-03-5123-son ma’lumotnomasi). Natijada orifona asarlar obrazlari olamida orifning darajasini aniqlash, ma’rifat g‘oyalarining keng tarqalishida mazkur timsolning ahamiyatini ochib berish va orif bilan aloqador ma’ruf, ma’rifat, ilmi ladun, botin ilmi kabi istilohlarga ilmiy izoh berish, shuningdek, orifni tamsil etuvchi obraz, ramz  hamda timsollar tizimi takomiliga oydinlik kiritishga erishilgan;
turkiy tasavvufiy adabiyot va irfoniy she’riyat qiyosi asosida davrlar mobaynida takomillashib borgan orifning ma’naviy qiyofasi va o‘zbek mumtoz adabiyotida orif obrazining g‘oyaviy-badiiy asoslari hamda tariqat shoirlari ijodidagi o‘rni va rolini ochib berish borasida amalga oshirilgan nazariy xulosalardan Ozarbayjon Respublikasi Milliy ilmlar akademiyasi va Baku davlat universiteti «Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalar» bo‘limida tashkil etilgan «O‘zbek adabiyoti tarixi», «Sharq xalqlari tasavvuf adabiyoti» kursi yuzasidan universitetda darslar, seminarlar tashkil qilish, sohaga oid o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalarni yaratishda foydalanilgan (AMEA Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti qoshidagi «Ozarbayjon-Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalar» qo‘mitasining 2020 yil 1 noyabrdagi  I1/ed-sonli ma’lumotnomasi). Natijada forsiy adabiyotda orif obrazi takomili aniqlanib, turkiy tasavvufiy adabiyot va irfoniy she’riyat qiyosi asosida davrlar mobaynida takomillashib borgan orifning ma’naviy qiyofasi va o‘zbek mumtoz adabiyotida orif obrazining g‘oyaviy-badiiy asoslari hamda tariqat shoirlari ijodidagi rolini teran ochib berishga erishilgan;
«Lison ut-tayr» dostonida orif obrazi hamda o‘zbek mumtoz adabiyotidagi orifona asarlar obrazlari olamida orifning darajasi, ma’rifat g‘oyalariningkeng tarqalishida mazkur timsolning ahamiyati, shuningdek, orifni tamsil etuvchi obraz, ramz, timsollarning mohiyatini anglash bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro viloyat Teleradiokompaniyasi dasturlaridan joy olgan«Assalom Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarining 2020 yil mart va aprel` sonidagi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro Viloyat Teleradiokompaniyasining 2020 yil 21 dekabrdagi 1/329-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning  yurtimizda yashab o‘tgan mashhur oriflarga va ularni komil shaxs sifatida yuksaltirib, mangu hayotga daxldor etgan ma’rifatga – oliyinsoniy fazilatlarga muhabbati hamda kitobxonlikka bo‘lgan e’tiborini yanada oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish