Qodirova Nasima Saidburxonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ilmiy-adabiy tafakkur va uslub muammolari  (I.Haqqul ijodi misolida)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil798.
Ilmiy rahbar: Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uslub va ilmiy-adabiy tafakkur muammosini Ibrohim Haqqul ijodi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotshunoslikda uslub muammosining ilmiy-nazariy jihatlari, ilmiy-adabiy tafakkur va uslubning yuzaga kelish omillari: ijodiy muhit, davr, iste’dod, mahorat va uni namoyon etuvchi kompozisiya, turli tahlillardan foydalanish kabi unsurlar asoslab berilgan;
munaqqidning adabiy jarayonga munosabati tadqiqi orqali uslubida aks etgan ijodkor shaxsi va tanqidchi ruhiyatidagi yaqinlik, matnga xolis yondashish, tahlildagi saktaliklarni ochish mahorati kabi individual jihatlari yoritilib, uslubga xos ilmiy-nazariy xususiyatlar aniqlangan;
olim sharh va talqinlarining o‘ziga xosligi, Navoiy ijodida yetakchi bo‘lgan g‘oyalarni kitobxonga singdirish, kichik janrlar tahlili orqali uni o‘quvchiga yaqinlashtirish singari tushuntirishning yangicha usullari, qo‘llangan so‘z va timsollar mohiyatini ochishdagi mahorati dalillangan;
tanqidchining adabiy-tanqidiy maqola, esse, adabiy suhbat, bahs, portret-maqola, obzor maqola janrlari rivojiga qo‘shgan hissasi aniqlanib, davr adabiy jarayonini aks ettirgan asarlarining til xususiyatlari yoritilgan, tahlillar asosida mulohazalar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy-adabiy tafakkur va uslub muammosini I.Haqqul ijodi misolida tadqiq etish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
o‘zbek adabiyotshunosligida uslub muammosining o‘rganilish darajasini tadqiq etish, uslub muammosining ilmiy-nazariy jihatlari ochib berishga doir  nazariy xulosalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 fevraldagi 17.01/16-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha adabiyotshunoslikda sharhlar va talqinlarning o‘ziga xosligi haqidagi yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
I.Haqqul uslubining individual xususiyatlari, an’anaviylik va novatorlik jihatlarini yoritishda FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 fevraldagi  17.01/16-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha adabiyotshunosning adabiy-tanqidiy janrlar rivojiga qo‘shgan hissasi, asarlarining til xususiyatlari yoritilgan va tahlil asosida chiqarilgan xulosalar bilan boyitilgan;
munaqqidning adabiy jarayonga munosabati tadqiqi orqali munaqqid uslubining, ilmiy-adabiy tafakkurining o‘ziga xos jihatlari, uslubga xos ilmiy-nazariy xususiyatlar umumlashtirilgan xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza», «Adabiyot bo‘stonida» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 yanvardagi 1/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning bugungi adabiy jarayon, munaqqidlar faoliyati bilan, ayniqsa, Ibrohim Haqqul ijodi bilan yaqindan tanishishiga erishilgan;
adabiyotshunosning adabiy-tanqidiy maqola, esse, adabiy suhbat, bahs, portret-maqola, obzor maqola kabi janrlar rivojiga qo‘shgan hissasiga doir xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi «Nilufar» adabiy to‘garagi, shuningdek, viloyat shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar mashg‘ulotlarida, zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligini o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 2021 yil 8 fevraldagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada keng kitobxonlar auditoriyasini davr adabiy jarayoni bilan tanishtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish