Xidirov Mustafo Toyirqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dunyoning ezoterik manzarasi va uning evolyusiyasi», 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal178.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05
Rasmiy opponentlar: Davronov Ziyodulla Davronovich,  falsafa fanlari doktori, professor; Tulenova Karima Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dunyoning ezoterik manzarasi va uning evolyusiyasini ontologik va gnoseologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insonning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari evolyusiyasi, uning tadrijiy rivojlanish bosqichlaridagi ma’naviy va ruhiy dunyosidagi o‘zgarishlar, olamni bilish darajasi, borliqning ezoterik mohiyati, uning qonuniyatlari bilan bog‘liq koinot va inson uyg‘unligi, ijtimoiy-madaniy jarayon,  kommunikativlik kabi ob’ektiv shart-sharoitlari va bilishning aqliy, empirik, intuitiv, hissiyligi kabi sub’ektiv omillari falsafiy jihatdan ochib berilgan; 
dunyoning ezoterik manzarasi insonning ongi va tafakkur shakli, individual xususiyatlari, olam to‘g‘risidagi dunyoqarashi, ma’naviy dunyosi, dunyoni idrok etishi va tabiat hodisalarni tushunish bilan bog‘liq ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan; 
ezoterizmning mavjudligi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy, evristik  jihatdan xalqlarning ma’naviy salohiyat darajasi, e’tiqodi, milliy-ma’naviy merosi, urf-odat va qadriyatlari xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
ezoterik bilimlardagi vorisiylikning ta’minlanishi bilan bog‘liq sirlilik, an’anaviylik, zamonaviylik kabi turli xil xususiyatlarning namoyon bo‘lishi ochiq yoki yashirin ko‘rinishda ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dunyoning ezoterik manzarasi va uning evolyusiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
insonning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari evolyusiyasi, uning tadrijiy rivojlanish bosqichlaridagi ma’naviy va ruhiy dunyosidagi o‘zgarishlar, olamni bilish darajasi, borliqning ezoterik mohiyati, uning qonuniyatlari bilan bog‘liq koinot va inson uyg‘unligi, ijtimoiy-madaniy jarayon,  kommunikativlik kabi ob’ektiv shart-sharoitlari va bilishning aqliy, empirik, intuitiv, hissiyligi kabi sub’ektiv omillari bilan bog‘liq g‘oyalar “Falsafa” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3072-son ma’lumotnomasi). Natija borliqning ezoterik talqini, nozik ruhiy energiyaning ta’sir kuchini tushunishga xizmat qilgan; 
dunyoning ezoterik manzarasi insonning ongi va tafakkur shakli, individual xususiyatlari, olam to‘g‘risidagi dunyoqarashi, ma’naviy dunyosi, dunyoni idrok etishi va tabiat hodisalarni tushunish bilan bog‘liq ekanligiga oid xulosalardan “Tabiatshunoslik falsafasi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 sentyabrdagi 89-03-3451-son ma’lumotnomasi). Natijalar noaniq tabiiy hodisalar namoyon bo‘lishini anglash, mistik hodisalar olamni bilishga ehtiyojini ta’minlash omili ekanligini tushuntirishga xizmat qilgan;
ezoterizmning mavjudligi ijtimoiy, psixologik, evristik  jihatdan xalqlarning ma’naviy salohiyat darajasi, e’tiqodi, milliy-ma’naviy merosi, urf-odat va qadriyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan Milliy madaniy markazlarining fundamental loyihalari doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 16 oktyabrdagi 01-07-1244-son ma’lumotnomasi). Natija O‘zbekistonda dinlararo, konfessiyalararo bag‘rikenglikni mustahkamlash. Odamlarda tabiiy hodisalarning mohiyatini tushunishga xizmat qilgan;
ezoterik bilimlardagi vorisiylikning ta’minlanishi bilan bog‘liq sirlilik, an’anaviylik, zamonaviylik kabi turli xil xususiyatlarining namoyon bo‘lishi ochiq yoki yashirin ko‘rinishda ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yil”da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishga, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga doir chora-tadbirlar  dasturining III bob 19-bandida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 fevraldagi 02/07-221-son ma’lumotnomasi). Natijada inson faoliyatining ma’naviy-ruhiy barqarorligini ta’minlaydigan fundamental g‘oyalarning shakllanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish