Masharipova Gularam Kamilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy merosining ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri», 09.00.03 - Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fa145.
Ilmiy rahbar: Otamuratov Sadulla Atamuradovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulchixra Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor, Mahmudova Guli Tilavovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy merosining ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri va aloqadorligini ochib berish, zamonaviy bilimlar rivoji hamda yoshlarning ma’naviy-ruhiy kamolotga erishishiga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ma’mun akademiyasi namoyandalarining fanlar klassifikatsiyasi, tabiiy va tibbiyot fanlari, matematika, astronomiya, fizika, geodeziya sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, ularni nazariy va amaliy fanlarga bo‘lib o‘rganilishiga oid umumiy prinsiplari hamda fan bilan dinda shariat qoidalariga asoslanganligi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari va undan foydalanishning ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojiga substansional ta’siri asoslangan;
Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Abu Ali ibn Sinoning “Kitob ash-Shifo”, "Donishnoma", Faxriddin ar-Roziyning «Ilmlar majmu’asi", Rashiddiddin Vatvotning «Nomalar» asaridagi barkamol inson konsepsiyasi, ilm, amal, tadbirkorlik, qanoat, sahovatli, ma’rifatli bo‘lish haqidagi g‘oyalari asosida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, insonlar o‘rtasidagi integratsion ahamiyati germenevtik usul asosida dalillangan;
Anushteginiy-xorazmshohlar davrida yaratilgan Mahmud al-Chag‘miniyning “Mulaxxas fi-l-hay’a” asaridagi korpuskulyar astronomik g‘oyalar geografik iqtisodiyotda amaliy qo‘llanilganligi va Buyuk Ipak yo‘li orqali mamlakatlar taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shganligi falsafiy jihatdan asoslangan;
xorazmlik allomalarning olam manzarasini tuzilishi haqidagi qarashlarida Erning diametri, o‘lchamlari, sharsimon shaklda ekanligi bilan bog‘liq ilmiy farazlari geliotsentrik nazariyaning yaratilishiga turtki bo‘lganligi, Evropadagi kosmologik ta’limotlar rivojiga ta’siri va olamning ilmiy manzarasi to‘g‘risidagi konsepsiyaning o‘zgarishi tabiat falsafasining rivojiga, uning ontologik va gnoseologik asoslarini yanada boyitishga muhim hissa qo‘shganligi dalillangan;
Abu Nasr ibn Iroqning “Menelay sferikasiga sharh” asarida sferik uchburchak uchun ilk bor sinuslar teoremasini qo‘llagan holda shahar kengligi aniqlanganligi hamda ushbu usul yordamida Evropa shaharlarining joylashishi va mamlakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy merosining ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Ma’mun akademiyasining dunyo fanlarini tasnifiga ko‘ra tabiiy va tibbiyot fanlari, matematika, astronomiya, fizika, geodeziya sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, ularni nazariy va amaliy fanlarga bo‘lib o‘rganilishiga oid umumiy prinsiplar hamda fan bilan dinda shariat qoidalariga asoslanganligi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatilari va undan foydalanishning ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojiga substansional ta’siriga oid taklif va tavsiyalardan “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” o‘quv darsligi va “Dinshunoslik” (o‘zbek va rus tillarida) o‘quv qo‘llanma mavzularida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-02-2985-son ma’lumotnomasi). Natijalar fandagi o‘rta asrlarga oid materiallarni boyitishga xizmat qilgan, jumladan, Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalaridan Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masihiy hamda Anushtiginiy-Xorazmshohlar davri allomalaridan Faxriddin ar-Roziy, Horis al-Hububiy, Mahmud al-Chag‘miniylar falsafiy va diniy yondashuvlarining maqsadi hamda usullariga ko‘ra o‘xshash va farq qiluvchi tomonlari birlamchi manbalar asosida o‘rganilib, o‘rta asr islom falsafasidagi vorisiylik konsepsiyasining genezisi, “Anushteginiy-Xorazmshohlar saltanati davri allomalari qarashlaridagi vorisiylik amal qilishi jarayoni”ga yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Abu Ali ibn Sinoning “Kitob ash-Shifo”, "Donishnoma", Faxriddin ar-Roziyning «Ilmlar majmu’asi", Rashiddiddin Vatvotning «Nomalar» asaridagi komil inson konsepsiyasi, ilm, amal, tadbirkorlik, qanoat, ma’rifatli bo‘lish haqidagi g‘oyalari asosida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, insonlar o‘rtasidagi integratsion ahamiyati germenevtik usul asosida dalillangan g‘oyalarga oid tavsiya va takliflardan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining yillik rejasidagi ko‘rsatilgan “Avlodlarga munosib voris bo‘laylik”, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri” mavzularida targ‘ibot tadbirlari ssenariysining 29-bandi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” loyihasini amalga oshirishda muhim manbasi fatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 27 avgustdagi 02/07-728-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari merosiga bag‘ishlangan internet saytlaridaallomalar merosi yoritilgan, ushbu mavzuga oid plakatlar tayyorlash uchun material sifatida xizmat qilgan;
Anushteginiy-xorazmshohlar davrida yaratilgan Mahmud al-Chag‘miniyning “Mulaxxas fi-l-hay’a” asaridagi korpuskulyar astronomik g‘oyalar geografik iqtisodiyotda amaliy qo‘llanilganligi va Buyuk Ipak yo‘li orqali mamlakatlar taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shganligiga oid taklif va tavsiyalardan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2020 yil 18 avgustdagi № 86/1-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy kommunikasiyaning turli darajalarida bo‘ladigan muloqotni samarali tashkil etishda, ommaviy axborot vositalarida beriladigan axborotlarning ishonchlilik darajasini aniqlashda, ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda natijaga erishishning mantiqiy mexanizmlari aniqlanib, ulardan keng miqyosda foydalanishiga xizmat qilgan;
xorazmlik allomalarning olam manzarasini tuzilishi haqidagi qarashlarida Erning diametri to‘g‘risidagi o‘lchamlari, erning shar shaklida ekanligi bilan bog‘liq ilmiy farazlari geliotsentrik nazariyaning yaratilganlishiga turtki bo‘lganligi, Evropadagi kosmologik ta’limotlar rivojiga ta’siri va olam tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning o‘zgarishi tabiat falsafasining rivojlanishiga, uning ontologik va gnoseologik asoslarini yanada boyitishga muhim hissa qo‘shganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasini yangi materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 2021 yil 4 fevraldagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasining “Ilm-fan” bo‘limini diniy va dunyoviy bilimlar haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Abu Nasr ibn Iroqning eng muhim risolasi “Menelay sferikasiga sharh” asaridagi sferik uchburchak uchun ilk bor sinuslar teoremasini qo‘llagan holatda shahar kengligini aniqlash, ushbu usulning Evropada shaharlarning joylashishi va mamlakatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi targ‘ibot materiallarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi 2020 yil 18 avgustdagi 04-13/2219-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining «Meros va milliy qadriyatlar hamda diniy bag‘rikenglik madaniyati» darajasini oshirish, yoshlar qalbi va ongida diniy ma’rifatparvarlik g‘oyalarini o‘zlashtirish, Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasidagi kompleks chora-tadbirlar O‘zbekiston yoshlarining Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari merosini o‘rganish borasidagi kitobxonlikni yanada rivojlantirish, jamiyat ma’naviy-axloqiy rivojlanishining muhim omili sifatida xizmat qilgan.