Saidova Nilufar Axrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie kompleksnogo lecheniya gipertroficheskogo gingivita u podrostkov», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib961.
Ilmiy rahbar: Kamilov Haydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Kopeskiy Igor` Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt Peterburg davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: balog‘at yoshidagi bolalarda gipertrofik gingivitni kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
retrostpektiv tadqiqot natijalari bo‘yicha o‘smirlarda bir vaqtning o‘zida yondosh somatik kasalliklar bilan birga parodontda yallig‘lanish-destruktiv kasalliklarning og‘ir darajasi mavjudligi aniqlangan;
gipertrofik gingivit kuzatilgan bemorlarda mikrotsirkulyasiya buzilishi sabablaridan biri endotelial disfunksiya va trombotsitlar morfologiyasida funsional o‘zgarishlar hisoblanishi isbotlangan;
klinik-laborator va diagnostika tadqiqotlarining natijalari asosida gipertrofik gingivit kuzatilgan o‘smirlarda kompleks terapiyadan foydalanish samaradorligi asoslangan; 
davolanish o‘tkazilganidan so‘ng parodont to‘qimalarida holat yaxshilanishi, gemostaz tizimida ko‘rsatkichlar yaxshilanganligi va tomirlarda endotelial hujayralarning disfunksiyasining yo‘qolishi isbotlangan;
terapevt va parodontologlarning parodont kasalliklari bo‘lgan bemorlarda metabolik fonning klinik ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
parodontda yallig‘lanish kasalliklarining diagnostikasi, klinik-biokimyoviy xarakteristikasi, davolanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarda gipertrofik gingivitning davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘smirlarda gipertrofik gingivitning kompleks davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 22 dekabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipertrofik gingivitni kompleks davolash samaradorligini ko‘rsatib bergan.
gipertrofik gingivitning davolash-diagnostikasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Gipertrofik gingivitning davolash-diagnostika algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 22 dekabrdagi 8n-d/250-son ma’lumotngomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gipertrofik gingivitni erta tashxislash imkonini bergan.
Surunkali gipertrofik gingivitning diagnostikasi, klinik-biokimyoviy xarakteristikasi, davolanishi va profilaktikasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikasi va Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021- yil 8 yanvardagi 8n-z/10-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar diagnostika va davolashning yangi usullarini qo‘llash yo‘li bilan tibbiy yordam sifatini oshirgan, kasallik asoratlarini kamaytirish, hamda bemorlarning ambulator davolanish muddatlarini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish