Rustamova Adash Eshankulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o‘qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish (ingliz tili materialida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).     
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped921.
Ilmiy raxbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tajibaev Gayratjon Shovdorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o‘qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tili talaffuzini o‘rgatishda, ularning chet tilida to‘g‘ri talaffuz qila olish qobiliyatiga ko‘ra faol bilingv, ya’ni active supplier, active recipient, active explanator  darajasiga ko‘tarilishi, ammo chet tili talaffuzidagi qobiliyatsizligi sababli passive reader, passive listener, passive speaker, passive learner kabi nofaol bilingv darajasiga tushib qolishi lingvopsixologik yondashuvlar asosida isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o‘qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha mavjud reseptiv, produktiv, reproduktiv, shakllantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar tizimi she’r, qo‘shiq, tez aytishlar, qofiyalar vositasida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning talaffuz qiyinchiliklaridan kelib chiqqan holda chet tilida talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish uchun tovushlarning pozision, oppozision, akustik va artikulatsion qiyinchiliklari asosida tanlab olingan tovushlarni, yakka holda, so‘zlar tarkibida va jumla tarkibida o‘rgatishga asoslangan fonetik minimumi ishlab chiqilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili aktiv va passiv fonetik minimumini o‘rgatishning metodik ta’minoti “ABC”, “I like fruits”, “I eat fruits”, “A happy cat” kabi harakatli, didaktik, rolli, imitatsion o‘yin texnologiyalarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o‘qitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chet tili talaffuzini o‘rgatishda foydalanilgan reseptiv, produktiv, reproduktiv va takomillashtiruvchi mashqlaridan, ilmiy-nazariy va amaliy tahlillar va materiallaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan TEMPUS Project544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTel “Developing the teaching of European languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4314-son ma’lumotnomasi). Natijada professor-o‘qituvchilar va talabalar bilimlarini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar, fan dasturlari, onlayn platformasidagi “Age appropriate pedagogy” moduli kontenti hamda mashqlar tizimi ishlab chiqilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tili talaffuzini o‘rgatishda, ularning chet tilida to‘g‘ri talaffuz qila olish qobiliyatiga ko‘ra faol bilingv, ya’ni active supplier, active recipient, active explanator  darajasiga ko‘tarilishi, ammo chet tili talaffuzidagi qobiliyatsizligi sababli passive reader, passive listener, passive speaker, passive learner kabi nofaol bilingv darajasiga tushib qolishi lingvopsixologik yondashuvlari asosidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion xalqaro loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4314-son ma’lumotnomasi). Natijalar professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalarning chet tili talaffuzini o‘rgatish borasidagi bilimlarini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan fan dasturlari, fonetik qoidalar va mashqlar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning talaffuz qiyinchiliklaridan kelib chiqqan holda chet tilida talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish uchun tovushlarning pozision, oppozision, akustik va artikulatsion qiyinchiliklari asosida tanlab olingan tovushlarni, yakka holda, so‘zlar tarkibida va jumla tarkibida o‘rgatishga asoslangan fonetik minimumi taklif etilganligi, bolalarga ingliz tili talaffuzini o‘rgatishning metodik ta’minoti harakatli, didaktik, rolli, imitatsion o‘yin texnologiyasi integratsiyasi asosida takomillashtirilganligi bo‘yicha berilgan fikr va mulohazalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining “Fakt 24” dasturining 2021 yil 25 martdagi sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 8 apreldagi 02-02-211-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tili talaffuzini o‘rgatishning muhim asoslari xususida aniq ma’lumotga ega bo‘lishgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili talaffuzini o‘rgatishning metodik ta’minoti harakatli, didaktik, rolli, imitatsion o‘yin texnologiyasi integratsiyasi asosida takomillashtirilganligi, chet tili talaffuzini o‘rgatishda foydalanilgan reseptiv, produktiv, reproduktiv va takomillashtiruvchi mashqlaridan, ilmiy-nazariy va amaliy tahlillar va materiallari bo‘yicha berilgan fikr mulohazalar Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “Kun xabarlari” dasturining 2021 yil 26 martdagi ssenariysiga kiritilgan hamda uni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 26 martdagi 09-09/141-son ma’lumotnomasi). Natijalar tinglovchilar uchun tayyorlangan materiallar mazmunining sayqallanishi va boyishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish