Mirzaeva Nodira Abduxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish tizimini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. PhD/Ped317.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Tolipova Jamila Olimjonovna,  pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03  raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Ernazarova Gulnora Oblaqulova, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibodova Mahfuza Namozovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ekologik kompetentlik darajasini rivojlantirishning didaktik asoslarini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba shaxsining tipologik darajalariga muvofiq (audial, vizual, kinetik, digital) zamonaviy ekologik ta’lim tizimidagi xolistik yondashuv, fasilitatsion ta’lim, normativ-huquqiy kabi ilg‘or xususiyatlarni benchmarking strategiyasini qo‘llab-quvvatlash asosida takomillashtirish mumkinligi aniqlangan;
neyrolingvistik  dasturlashning metamodel`, langar, raport kabi uslublari asosida sog‘liqni muhofazalash, qadrlilik-ahamiyatlilik, fuqarolik huquqi va burchi ekologik kompetentlikni rivojlantiruvchi omillar ekanligi normativ va aksiologik mezonlarga ustuvorlik berish orqali  asoslangan;
bo‘lajak mutaxassislar ekologik kompetentligini rivojlantirish modelining mazmun-mohiyati B.Blum  taksonomiyasi asosida ochib berilgan,  innovatsion (fasilitatsion, vitagen, refleksiv va axborot texnologiyalari) va neyrolingvistik dasturlash (NLD) texnologiyalaridan uzviy foydalanish asosida didaktik ta’minot yaratilgan;
talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimi, didaktik vazifalar va pedagogik munosabatlardan iborat metadasturiy tuzilmaning mazmun-mohiyati ochib berilgan va atrof-muhit, inson kapitali va global iqtisodiyot doirasida zamonaviy ekologik ta’lim – tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
benchmarking strategiyasi asosida talabalar ekologik kompetentligini rivojlantirishni amalga oshirish dasturi ishlab chiqilgan va “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”ga singdirilgan (Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2019 yil 16 iyuldagi 000346-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-son qarori I-bobining 1 va 2-bandlarini, IV-bobining 17 va 24 bandlarini, VI-bobning 33 va 35-bandlarini shakllantirishda  amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi neyrolingvistik  dasturlash uslublarini kasbiy faoliyatga oid ko‘nikmalar bilan integratsiyalash asosida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2021 yil 31 may  237-son buyrug‘ining 7-ilovasi).  Natijada, talabalar ekologik kompetentligi rivojlantirishning samaradorlik darajasini 15 % ga oshishi ta’minlangan;
bo‘lajak mutaxassislarning ekologik kompetentligini rivojlantirish modelining mazmun-mohiyatini yorituvchi metadasturiy tuzilmaning didaktik ta’minoti asosi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmuniga singdirilgan (Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2019 yil 16 iyuldagi 000346-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi 841-son “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasini tasdiqlashda va Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda “Yo‘l xaritasi”ning 12.8 va 13.3 – vazifalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish