Axrorov Alisher Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutq madaniyatini ifodalovchi o‘zbek xalq maqollarining lingvo-funksional va xulqiy qiymati”, 10.00.01 –O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil682.
Ilmiy rahbar: Yormat Tojiev, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.91.02.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutq madaniyati, muloqot odobi, muomala madaniyatiga doir masalalarning xalq maqollaridagi talqini, mazmun ifodalari va o‘zaro ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy aktning samarali shakllanishida maqollarning o‘rni va imkoniyatlarining lingvistik va pragmatik omillar bilan bog‘liqligi nutqiy aktni lokutiv, illokutiv va perlokutiv aspektlarida mazmun va referensiyani ifodalovchi vositalarni aniqlash orqali isbotlangan;
maqollar shakllanishining intralingvistik negizida lisoniy (ibora), fol`kloristik (matal, rivoyat, latifa, afsona, topishmoq), etnografik (e’tiqodiy tushuncha, xalq udumlari, xalq o‘yinlari), diniy (hadis) manbalar paradigmasi yetakchi omil ekanligi lisoniy nisbiylik nazariyasi asosida isbotlangan;
frazeologik birliklar va paremalarning umumiy konsepsiyasi ularning har ikkisi xalqning milliy-madaniy qadriyatlarini yoritish bilan birga ijtimoiy hodisalar jarayonida yuzaga keladigan lingvomadaniy vositalarni ifodalovchi va jamiyatning o‘ziga xos milliy kommunikativ jarayoni uchun xizmat qiluvchi  kognitiv tuzilma sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
maqollarni kommunikativ jarayonda mushohada qilish tinglash, sukut saqlash, to‘g‘ri so‘zlash kabi nutqning madaniy ko‘rsatkichini belgilovchi mavzuiy guruhlarga ajratish nutqiy aloqaning samaradorligini ta’minlashda komil inson va barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan konstruktiv mexanizm ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nutq madaniyatini ifodalovchi o‘zbek xalq maqollarining lingvo-funksional va xulqiy qiymatini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
nutq jarayonida maqollarning ishtirok etishi so‘zlovchining lisoniy va nutqiy malakasi, axborot uzatish maqsadi hamda muloqot sharoiti, til birliklarining shaxsiy munosabat ma’nosini ifodalash imkoniyati kabi lisoniy va nutq vaziyati omillarga bog‘liqligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihaning so‘z yasalishining funksional jihatlari qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil  03 iyuldagi 108/1-son ma’lumotnomasi). Natijada maqollarning semantik, struktur, pragmatik jihatlari borasidagi fikrlarning misollar bilan dalillanish darajasi ortgan; 
maqollarning boshqa yondosh hodisalardan shakliy va mazmuniy asosida farqlanishi, xususan, maqol va matal farqlanishi tilshunoslikda hali to‘la isbotlanmaganligi, maqol va aforizmlar farqi esa yaratuvchisi yakka shaxs yoki jamoa ekanligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan olib borilgan  FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihaning maqolning yondosh hodisalar bilan farqli va o‘xshash jihatlarini ko‘rsatish qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 03 iyuldagi 108/1-son ma’lumotnomasi). Natijada maqollarning naql, aforizm va matallar bilan munosabati masalasi ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan;
til va shaxs ma’naviyati yaxlitligini namoyon etuvchi qisqa gapirish, tinglash, sukut saqlash, shirinso‘zlik, mushohadakorlik, rost so‘zlash kabi masalalar aks etgan nutq madaniyatini ifodalovchi xalq maqollari kishini etuk shaxs sifatida tarbiyalovchi muhim omillardan biri sanalib, inson ma’naviy kamolotida samarali vosita ekanligi natijasida chiqarilgan xulosalardan Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Biz suv ichgan daryolar” ko‘rsatuvining 2020 yil 20 fevral` va 12 mart sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining  2020 yil 9 iyuldagi 531-, 532-son ma’lumotnomalari). Natijada til va shaxs ma’naviyati, muloqot madaniyati, muomala odobi kabi komil insonni shakllantirish bilan bog‘liq bir qator jihatlar tahlillar asosida yoritilganligi teletomoshabinlarning maqollar haqidagi tushunchalarini yanada boyitgan.