Norchaev Asatullo Norbo‘taevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy turizm infratuzilmasining shakllanish va rivojlanish tendensiyalari», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3. DSc/Iqt150.
Ilmiy maslahatchi: Abduvohidov Abdumalik Mahkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalarda turistik resurslardan samarali foydalanishda davlat-hususiy sherikchilik asosida turizm infratuzilmasini takomillashtirish asoslangan;
“Milliy PR markazi” DUK faoliyatini takomillashtirish asosida turistlarga xizmat ko‘rsatishda milliylikni targ‘ib qilish, turistik sub’ektlarga media-texnologik xizmat ko‘rsatish, safarlar davomiyligini uzaytirish orqali turistik xizmatlar eksportini oshirish maqsadida “Turizm mul`timedia markazi” DUKni tashkil qilish asoslangan;
turistlarga xalqaro darajada xizmat ko‘rsatish va infratuzilmani takomillashtirishda raqamli innovatsion texnologik platformaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tabiiy geografik, turistik rekreatsion resurslardan samarali foydalanish maqsadida “Jizzax turistik-rekreatsion klasteri”ni tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
turizm infratuzilmasi rivojlanishiga COVID-19 pandemiyasi ta’sirini 2025 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublikamiz turizm infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va turistik resurslar salohiyatidan kompleks foydalanish, hududlarda infratuzilmani rivojlantirishga imkon yaratuvchi vertikal integratsiyalashuvni muvozanatlashtirish bo‘yicha berilgan taklifdan respublikamiz mintaqalarida, xususan Samarqand, Jizzax, Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 09 iyuldagi 02-16/3424-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi respublikamiz mintaqalarining tabiiy-geografik joylashuviga ko‘ra turizmning turlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlab olishga xizmat qilgan;
bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz turizmi infratuzilmasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-son farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda hamda turizm rivojlanishining 2025 yilgacha bo‘lgan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 09 iyuldagi 02-16/3424-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, infratuzilmani tashkil qiluvchi ob’ektlar va su’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish ta’minlangan;
turistik korxonalarda innovatsiyalarni amalga oshirish mexanizmlari va turizmda innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni  davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4755-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 09 iyuldagi 02-16/3424-son ma’lumotnomasi). Natijada, turistlarga xizmat ko‘rsatishda va turistik mahsulotlarni ishlab chiqishda innovatsiyalardan foydalanish imkonini bergan;
“Turizm mul`timedia markazi” DUKni Turizm qo‘mitasi qoshida tashkil qilish va uning amalga oshiradigan vazifalari bo‘yicha berilgan taklifdan Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Milliy PR markazi” DUK faoliyati takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 09 iyuldagi 02-16/3424-son ma’lumotnomasi). Shu bilan birgalikda, turistik xizmat ko‘rsatishda milliylikni targ‘ib qilish, turistik tashkilotlarga media-texnologik xizmat ko‘rsatish, mul`ti-mediali reklamalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
Respublikamiz turizmiga “Turizm 4.0” raqamli platforma modelini joriy qilish mexanizmi bo‘yicha berilgan taklif bugungi kunda, ayniqsa, axborotlarni tarqatish, qayta ishlash jarayonida juda muhim bo‘lib,  turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va turistik safarlar vaqtidan unumli foydalanish orqali samaradorlikka erishish ta’minlangan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 09 iyuldagi 02-16/3424-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, mazkur platforma modelidan davlat-xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishda keng foydalanilgan; 
“Jizzax turistik-rekreatsion klasteri”ni tashkil qilish mexanizmi bo‘yicha berilgan taklif mintaqaviy turistik rekreatsion-klasterlarni rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, tabiiy resurslarga boy bo‘lishiga qaramasdan rivojlanish talab darajasida amalga oshmayotgan Jizzax viloyati turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 09 iyuldagi 02-16/3424-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, mazkur tavsiya etilgan turistik-rekreatsion klaster modelidan respublikamizdagi maxsus turistik zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish