Nishanova Yulduz Xatamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratoni nur tashxisida magnit-rezonans tomografiyaning axamiyati», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib680.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudayqulovich, tibbiyot fanlari doktori, , professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Fazilov Akram Akmalovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimxodjaeva Lola Tel`manovna tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: «N.N.Bloxin nomidagi onkologiya Milliy tibbiy tadqiqot markazi» federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MR-mammografiyani qo‘llash bilan sut bezi saratoni mul`timodal nur tashxisotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratonini tashxisotida MR-mammografiya kontrastlashdan keyingi bosqichda eng xavfli ko‘rsatkichlar sifatida geterogen va xalqasimon MR-signal ko‘chayishi, notekis/noaniq yoki spikulasimon qirrali va nomutonosib shakllanishi isbotlangan.
sut bezi saratoning lyuminal V Her2/neu musbat va Her2/neu giperekspresssiyasida MR– mammografiyada II tur kontrastlash tartibining mosligi, uch marotoba manfiy va A lyuminalda esa III tur kontrastlashning natijalari isbotlangan.
yuqori differensiatsiyalashgan sut bezi saratonida MR-mammografiyada hosilaning shakli to‘g‘ri va tekis qirralari II tur kontrastlashga bog‘liqligi, past differensiatsiyalashgan sut bezi saratonida III tur kontrastlash hosilaning noto‘g‘ri shakli va spikulasimon qirralariga mos ekanligi isbotlangan.
ilk marotoba yosh guruhiga bog‘liq sut bezi saratoniga gumon xolatlarda 40 yoshgacha ul`tratovush tashxisoti va 40 yoshdan yuqori bemorlarda rentgenomammografiya, MR-mammografiya biopsiya/dinamik kuzatuvda o‘tkazish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratoni nur tashxisotida magnit-rezonans mammografiyaning axamiyatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
sut bezi saratonini aniqlash va molekulyar-biologik turini bashoratlashning zamonaviy jixatlari qo‘llash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Sut bezi saratoni mul`timodal nur tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 8n-r/20-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma mahalliy tarqalgan sut bezi saratoni tashxisoti samaradorligini oshirish va tezlashtirishga, asoratlar sonini kamaytirishga imkon bergan;
sut bezi saratoni nur tashxisotida magnit-rezonans mammografiyaning axamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyat filiallarida klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 14 fevraldagi 8n-d/23-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sut bezi saratoni kompleks nur tashxisotida magnit-rezonans mammografiya dinamik kontrast kuchaytirish bilan qo‘llanishi diagnostikada iqtisodiy sarflarni va bemorlarda nurlanish yuklamasini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.