Berdieva Dilfuza Axatovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uy-joy fondi moliyaviy boshqaruvi mexanizmi samaradorligini oshirish», 08.00.13 – «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1053.
Ilmiy rahbar: Sanakulova Barnogul Rizakulovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSs.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurov Muhammadjon Sotvoldievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uy-joy fondi moliyaviy boshqaruvini samarali tashkil etish mexanizmi samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional boshqaruv kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari boshqaruviga raqamlashtirilgan platformani joriy etilishi ularning ma’muriy xarajatlarini kamaytirishga olib kelishi isbotlangan;
uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tijorat banklari kreditlaridan foydalanishini tizimli nazorat qilish maqsadida maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish taklif etilgan;
boshqaruv kompaniyalar moliyaviy boshqarish tizimini tahlil qilish imkoniyatini yaratish hamda boshqaruv kompaniyalarini mustaqil tanlash huquqini berish maqsadida ko‘p kvartirali uylarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish va tutash hududlarning yaxlit «pasport»larini shakllantirish maqsadga muvofiqligi ilmiy asoslangan;
zamonaviy innovatsion boshqaruv usullarini qo‘llash orqali samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish hamda shirkat raislari va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari faoliyatini monitoring qilish orqali baholash ko‘rsatkichlarini aniqlash taklifi etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda uy-joy fondi moliyaviy boshqaruvi mexanizmi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ma’muriy xarajatlarni kamaytirishda professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, uylarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlari hisob-kitob ishlarini yuritishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash uchun maxsus elektron platforma yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 yanvardagi 67-son «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqishda foydalanilgan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 04/03-4686-son ma’lumotnomasi).  Natijada, «Yagona hisob-kitob markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va professional boshqaruv tashkilotlariga hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish uchun «Obod uy» elektron axborot platformasi yaratildi hamda faoliyat yuritayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ma’muriy xarajatlar 2019 yilda 3,5 foizli punktga pasayishiga erishilgan;
tijorat banklaridan uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ajratilgan kreditlarni qaytarilishini ta’minlashga amaliy ko‘maklashish maqsadida «Obod uy» elektron dasturida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 yanvardagi 67-son «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 04/03-4686-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil 1 yanvar` holatiga shirkatlarning muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 15,3 mlrd.so‘mni, muammoli kreditlari qoldig‘i 178 mlrd.so‘mga kamayishiga ta’minlangan;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishda sohada erkin raqobat muhitini shakllantirish, aholiga boshqaruv kompaniyalarini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish maqsadida uy-joylarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni ham aks ettirgan holda ularning pasportlarini yaratish yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan O‘RQ-581-son «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 04/03-4686-son ma’lumotnomasi).  Natijada, 200 dan ortiq boshqaruv kompaniyalari  tanlov asosida tashkil etilishiga erishilgan;
xususiy uy-joylari mulkdorlari shirkatlarida boshqaruvning zamonaviy usullaridan foydalanish malakasini oshirish, sohada bo‘layotgan innovatsion boshqaruv usullari bilan yaqindan tanishtirish, boshqaruv jarayonida samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida uy-joy mulkdorlari shirkatlar raislari va boshqaruv servis kompaniyalari raxbarlari uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish yuzasidan bildirgan taklifi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 04/03-4686-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yilda 178 nafar uy-joy mulkdorlari shirkatlar rais va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari malakasi oshirishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish