Jo‘raxonov Muzaffar Eskandarovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesni barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirish yo‘llari (Andijon viloyati misolida)», 08.00.15 – «Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1269.
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: G‘ofurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Maxmudov Baxriddin Juraevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatida kichik biznesni barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida ishchi kuchi va kapitalning sinergik samaradorligini aniqlash zaruriyati asoslangan, natijada investisiyalarning ikki yillik o‘rtacha hajmini hisobga olib baholash taklifi ishlab chiqilgan;
kichik biznesning barqaror rivojlanishini monitoring qilishda “moliyaviy”, “institusional” va “tashqi iqtisodiy faoliyat” indikatorlarini kiritib baholash zaruriyati asoslangan, natijada sanoat sohasidagi tadbirkorlik faoliyati samaradorligini o‘rta muddatli investisiyalarga hamda texnologiyalar transferiga bog‘liqligi hisob-kitoblar orqali aniqlangan;
tuman va shaharlarda infratuzilma ob’ektlari soni va turini diversifikatsiyalash asosida tadbirkorlik sohasida engil sanoat va qurilish industriyasini rivojlantirish orqali aholi daromadlari tabaqalanishini qisqartirish taklifi ishlab chiqilgan;
2025 yilgacha bo‘lgan davrda viloyatning tadbirkorlik salohiyatidan oqilona foydalanishni, mehnat resurslarini samarali bandligini ta’minlashni hisobga olib kichik biznesning ish bilan bandlikdagi ulushlari bo‘yicha prognoz hisob-kitoblari bajarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznesni barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida ishchi kuchi va kapitalning sinergik samaradorligini aniqlash zaruriyati asoslanishi natijasida investisiyalarning ikki yillik o‘rtacha hajmini hisobga olib baholash hamda omillarning miqdor va samaradorliklarini aniqlash indikatorlarini baholash usuli Andijon viloyatining «2019-2022 yillarda Andijon viloyatida sanoatni rivojlantirish dasturi»ni tayyorlashda, «Andijon viloyatida aholi bandligini oshirish» dasturini monitoring qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 03/14-01-10/10-2232-son, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasining 2021 yil 11 fevraldagi 11/03-16-1290-son ma’lumotnomalari). Natijada Andijon viloyatida kichik biznesning YaHMdagi ulushi 0,2 foizga samarali ijobiy o‘zgarishiga erishilgan.
kichik biznesning barqaror rivojlanishini monitoring qilishda “moliyaviy”, “institusional” va “tashqi iqtisodiy faoliyat” indikatorlarini kiritib baholash zaruriyati asoslanishi natijasida sanoat sohasidagi tadbirkorlik faoliyati samaradorligini va sohaning umumiy barqarorligini o‘rta muddatli investisiyalarga hamda texnologiyalar transferiga bog‘liqligi bo‘yicha aniqlangan hisob-kitoblardan Andijon viloyatining «Tarmoqlarni rivojlantirish yuzasidan hududiy investisiya dasturi»ni monitoring qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 03/14-01-10/10-2232-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon viloyatida kichik biznesning eksportdagi ulushi 0,2 foizga samarali ijobiy o‘zgarishiga erishilgan.
tuman va shaharlarda infratuzilma ob’ektlari soni va turini diversifikatsiyalash asosida tadbirkorlik sohasida engil sanoat va qurilish industriyasini rivojlantirish orqali aholi daromadlari tabaqalanishini qisqartirish hamda talbirkorlik barqarorligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi asosida Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining «Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi» nomli ilovasini, «Har bir oila tadbirkor», «Xotin qizlarni tadbirkorlikka jalb etish» dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 03/14-01-10/10-2232-son, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasining 2021 yil 11 fevraldagi 11/03-16-1290-son ma’lumotnomalari). Ilmiy natijalardan foydalanish yordamida Andijon viloyatida kichik biznes sub’ektlari soni 0,6 foizga samarali ijobiy o‘zgarishiga erishilgan;
2025 yilgacha bo‘lgan davrda viloyatning tadbirkorlik salohiyatidan oqilona foydalanishni, mehnat resurslarini samarali bandligini ta’minlashni hisobga olib kichik biznesning ish bilan bandlikdagi ulushlari bo‘yicha bajarilgan prognoz hisob-kitoblari hamda kichik biznes rivojlanishiga omillar ta’sirini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ekonometrik moellari asosida Andijon viloyatining «Andijon viloyatining 2019-2030 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi» istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 03/14-01-10/10-2232-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish orqali Andijon viloyatida kichik biznesning ish bilan band bo‘lganlardagi ulushi 0,3 foizga samarali ijobiy o‘zgarishlariga erishilgan.