Sidorova Irina Petrovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ma’danli mintaqalari litosferasining tuzilish xususiyatlari», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/GM16.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Spichak Vyacheslav Valentinovich, fizika-matematika fanlari doktori; Bogdanov Aleksandr Nikolaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geofizik ma’lumotlarni qayta ishlashning kompleks usullarini qo‘llash asosida chuqurlik tuzilmalarining strukturaviy xususiyatlari, ularning morfologiyasi, nome’yoriy xossalari, ma’dan hosil bo‘lish jarayonlaridagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston ma’dan-magmatik konsentrlarining interfaol modellarini yaratish usuli ishlab chiqilgan;
Markaziy Qizilqum ma’dan-magmatik konsentrining uch o‘lchovli interfaol modeli yaratilgan;
Markaziy Qizilqum ma’dan-magmatik konsentrining chuqurlik bo‘yicha petrologik-geofizikaviy modellari ishlab chiqilgan;
ilk bor jinslarning fizikaviy, hususan, issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatlari orqali yangi, yuqori texnologik xomashyo aniqlangan.
tog‘ jinslarining namunalarida perkolyasiya jarayonlarini aniqlash uchun hisoblash dasturi ishlab chiqilgan;
ma’dan-magmatik konsentrlarning litosferadagi issiqlik va massa uzatilishining ikkita modeli ishlab chiqilgan;
konduktiv issiqlik uzatilishi, xususan Muruntog‘ ma’dan maydonidagi kvars, pirrotin, grafit kabi minerallarning uzluksiz klasterlari konsentratsiyasi tufayli tog‘ jinslarida yuzaga keladigan perkolyasiya jarayonlarining natijasida vujudga kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning ma’danli mintaqalarining chuqurlik tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi ma’dan konlarini qidirish va bashorat qilish metodikasi "Qizilqumgeologiya" AJning geologik qidiruv amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 18 dekabrdagi 06/16-son ma’lumotnomasi). Natijada, chuqur seysmik zondlash (ChSZ) ma’lumotlaridan majmuaviy foydalangan holda chuqur petrologik va geofizik qurilmalar asosida mintaqaviy ma’dan, shu jumladan oltinga oid bashoratni aniqligini oshirishga imkon bergan;
chuqur seysmik zondlash profillari bo‘yicha 1:200000 miqyosdagi chuqur petrologik va geofizik modellar "Qizilqumgeologiya" AJning geologik qidiruv amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 18 dekabrdagi 06/16-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Qizilqum ma’dan-magmatik konsentrida ehtimoliy ma’dan hosil bo‘lishini aniqlashga hizmat qilgan;
issiqlik massani uzatishning ishlab chiqilgan modellari "Qizilqumgeologiya" AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 18 dekabrdagi 06/16-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ko‘kpatos profili bo‘yicha yuqori zichlikdagi o‘ta ishqorli “karnaysimon” shaklidagi ikkita blokni, Muruntog‘ profili bo‘yicha diorit-bazit tarkibli bitta “karnaysimon” shaklidagi tana va zichligi past bo‘lgan diorit-granodiorit tarkibli ikkita “kosasimon” shaklidagi zonana, Tomdi profili bo‘yicha granodiorit tarkibli bitta “kosasimon” shaklidagi zonani aniqlash imkonini bergan;
Tomditog‘ suturasining kontakt oldi zonasida joylashgan Kokpatos profilida oltin ma’danlashuviga ajratilgan ikkita istiqbolli uchastka "Qizilqumgeologiya" AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 18 dekabrdagi 06/16-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xududda to‘liq miqyosda oldindan geofizika ishlarini qo‘yish imkonini bergan;
Quljuqtog‘ va Beltog‘ oralig‘idagi Tomdi profilida ajratilgan, Quljuqtog‘ halqali strukturasining g‘arbiy konturi bo‘ylab joylashgan bashoratli uchastka "Qizilqumgeologiya" AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 18 dekabrdagi 06/16-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’dan foydali qazilmalarini geologik qidirishni rejalashtirish uchun asos bo‘lib hizmat qilgan.