Mullaev Dilshod Axmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston bug‘doy dalalarida tarqalgan zang zamburug‘larini populyasion strukturasini o‘rganish», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V335.
Ilmiy rahbar: To‘raqulov Xurshid Sadullaevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Kushanov Faxriddin Ne’matullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Gulmurodov Risqiboy Abdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston bug‘doy dalalarida tarqalgan sariq zang zamburug‘larini virulentlik xususiyatlarini hamda irq tarkibini aniqlash va shu asosida populyasion strukturasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sariq zang kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning (Puccinia striiformis f.sp. tritici) 226E185, 199E223, 171E222, 231E223, 175E202, 204E211, 231E187, 227E205, 203E231, 206E215, 199E218, 207E238, 239E242, 207E183, 174E225, 207E217, 203E182, 238E221, 231E223, 206E219, 235E239, 195E216, 205E227 yangi irqlari respublikamiz bug‘doy dalalarida 2019-2020 yillar mobaynida aniqlangan;
sariq zang kasalligiga chidamlilik genlari hamda genlar kombinatsiyalarining mahalliy irqlarga nisbatan samarali hamda samarasizlari aniqlangan;
har bir sariq zang kasalligi (Puccinia striiformis f.sp. tritici) fiziologik irqlarning chidamlilik (Yr) genlariga nisbatan virulentlik spektri ochib berilgan;
respublikada tarqalgan sariq zang zamburug‘ining populyasiyalari tarkibiga kiruvchi mahalliy irqlarning chidamli genlarga nisbatan virulentlik dinamikasi aniqlangan;
ilk bor respublikamizda aniqlangan irqlarning virulentlik xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga bog‘liqligi (o‘xshashligi) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston bug‘doy dalalalarida tarqalgan zang zamburug‘larini populyasion strukturasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sariq zang zamburug‘i populyasiyalari tarkibiga kiruvchi irqlarga avirulent deb topilgan genlardan №FA-A-QX-2018-427 «MAS texnologiyasining “genlarni piramidalash” usulidan foydalanib yumshoq bug‘doyda asosiy biotik va abiotik stress faktorlarga chidamlilik genlarini bir genotipga jamlash va shu asosda yangi liniyalar yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada chidamli genlarga mahalliy irqlarning virulentlik dinamikasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 dekabrdagi 4/1255-2941-son ma’lumotnomasi). Natijada, molekulyar genetik (MAS) va an’anaviy tanlash asosida sariq zang kasalligiga chidamli liniya olish imkonini bergan;
Puccina striiformis f.sp. tritici sariq zang kasalligining identifikatsiya qilingan mahalliy 239E242 irqining sof kul`turasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy ob’ekti kolleksiyasi” fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 29 yanvardagi 4/1255-288-son ma’lumotnomasi). Natijada, namuna noyob ob’ektning zang kasalliklari kolleksiyasi fondini boyitgan va respublika hududlarida tarqalgan zang kasalligi irqlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan;
Puccina striiformis f.sp. tritici ning mahalliy 239E242 irqi Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazi (World Data Center for Microorganism (WDCM)), Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasining (Collection of plant pathogenic and other microorganisms) ma’lumotlar bazasiga GEPB WDCM №1228-raqami (http:www.wfcc.info/ccinfo/index.php/collection/ by_id/1228/) orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 29 yanvardagi 4/1255-288-son ma’lumotnomasi). Natijada, jahonning turli mintaqalarida tarqalgan sariq zang kasalligini qo‘zg‘atuvchi irqlarini tadqiq qilishda global miqyosida foydalanish imkonini bergan;
sariq zang zamburug‘ining identifikatsiyalangan irqlari Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) tomonidan turli navlar joylashtirilgan bug‘doy ko‘chatzorlarining sariq zang kasalligiga chidamliligini baholashda foydalanilgan (Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazining (ICARDA) 2020 yil 10 dekabrdagi REF.:0822-son ma’lumotnomasi). Natijada, ICARDA tomonidan yaratilgan navlarni respublika mintaqasida tarqalgan sariq zang kasalligi irqlariga chidamliligini aniqlash va kasallikka qarshi kurashish imkonini bergan;
sariq zang kasalligiga chidamlilik genlar hamda genlar kombinatsiyalarining mahalliy irqlarga nisbatan samarali genlari Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) tomonidan bug‘doy navlari seleksiyasida foydalanilgan (Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazining (ICARDA) 2020 yil 10 dekabrdagi REF.:0822-son ma’lumotnomasi). Natijada, chidamlilik genlaridan kelgusida sariq zang kasalligiga chidamli bug‘doy navlarini yaratishda samarali donorlar tanlash imkonini bergan.