Yoqubjonova Hulkarbonu Yoqubovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysida ekoturizmni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt347.
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Abdulxakimov Zuhrali Tursunalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent; 
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysida ekoturizmni rivojlantirish mexanizmlari va ularni takomillashtirish  bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining ekoturistik imkoniyatlarini yuqori, o‘rta va past salohiyat darajalariga ajratishning infratuzilma bilan bog‘liq asosiy va xizmat ko‘rsatish qulayligi nuqtai nazaridan quyi mezonlari ishlab chiqilgan; 
zamonaviy turizm infratuzilmasi va noyob tabiiy ekoturizm ob’ektlarini uyg‘unlashtirgan holda Farg‘ona vodiysining shifobaxsh buloqlari negizida muayyan kognitiv (tafakkur) eko-rekreatsion SPA (Sanitas pro Aqua) ekomehmonxona loyihasi taklif etilgan;
hududlarning ekoturistik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan ko‘p bosqichli tuzilmaviy modeli ekoturistik imkoniyatlari salohiyati darajalari asosida takomillashtirilgan; 
aholiga ekologik toza muhitda dam olish, sog‘lomlashtirishning arzon servis xizmati sharoitlarini yaratib berishni ko‘zda tutgan holda, o‘rmon xo‘jaliklarida ekoturizmni rivojlantirish mexanizmi «Wooden house» ekologik o‘rmon uylarini barpo etish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysida ekoturizmni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysining ekoturistik imkoniyatlarini yuqori, o‘rta va past salohiyat darajalariga ajratishning infratuzilma bilan bog‘liq asosiy va xizmat ko‘rsatish qulayligi nuqtai nazaridan quyi mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 apreldagi 02-16/2467-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida  ekoturistik hududlarni ekoturizmda foydalanish imkoniyatlari nuqtai nazaridan baholash va tahlil qilishga soddalashtirilgan ilmiy echim topilgan. Bu usul  Farg‘ona vodiysi ekohududlarni (yuqori, o‘rta) I-II-salohiyat darajalari bo‘yicha joylashtirish imkoniyatini bergan;
zamonaviy turizm infratuzilmasi va noyob tabiiy ekoturizm ob’ektlarini uyg‘unlashtirgan holda Farg‘ona vodiysining shifobaxsh buloqlari negizida muayyan kognitiv (tafakkur) eko-rekreatsion SPA (Sanitas pro Aqua) ekomehmonxona loyihasi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-sonli Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda joylardagi salohiyatli hududlarni o‘rganish asosida turizm infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish hududlarini tashkil etish, shuningdek, turizm infratuzilma ob’ektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 apreldagi 02-16/2467-son ma’lumotnomaci). Ushbu ilmiy taklif Farg‘ona vodiysining ekoturistik salohiyatini barqaror rivojlantirish uchun aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘shimcha imkon bergan;
hududlarning ekoturistik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan ko‘p bosqichli tuzilmaviy modelining takomillashtirilgan tizimli mexanizmi bo‘yicha ilmiy takliflari  O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 apreldagi 02-16/2467-son ma’lumotnomaci). Ushbu ilmiy taklifning joriy qilinishi hududda ekoturizm faoliyatini tashkil etish, ularni salohiyati jihatidan joylashtirish, mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etish va hududning tabiiy-iqtisodiy resurslar salohiyatidan samarali foydalanishda imkon bergan; 
aholiga ekologik toza muhitda dam olish, sog‘lomlashtirishning arzon servis xizmati sharoitlarini yaratib berishni ko‘zda tutgan xolda o‘rmon xo‘jaliklarida ekoturizmni rivojlantirish mexanizmi “Wooden house” ekologik o‘rmon uylarini barpo etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi PQ–4424-sonli “Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ta’kidlangan O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasining 4.3. bandida ko‘zda tutilgan “Dam olish, ov va ekoturizm xizmatini ko‘rsatish”ga doir loyihalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 apreldagi 02-16/2467-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikadagi o‘rmon xo‘jaliklaridan ekoturistik hudud sifatida foydalanishda ko‘p funksional yondashuvga erishilgan. Shuningdek, ushbu mexanizm o‘rmon xo‘jaligini muhofaza etish, aholining sog‘ligini tiklashga ko‘maklashish, o‘rmon atrofida istiqomat qiluvchi mahalliy aholiga iqtisodiy ko‘mak va turizmni barqaror shakli bo‘lgan ekoturizmni rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish