Kulbekova Nasiba Zakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yosh er-xotinlarning oila muhitiga moslashuvida sotsiomadaniy ta’sir omillarining sotsiologik tahlili»: 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» (sotsiologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/S64.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Matibaev Tashpulat Boltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yosh er-xotinlarning oila muhitiga moslashuvida sotsiomadaniy ta’sir omillarini aniqlab, ularning  ijtimoiy hususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh oilalardagi ziddiyatlarning etnosotsiologik jihatdan transformatsiyalashuv tendensiyalarini aniqlashda turli fikrlar sabablarini aniqlash, er-xotin munosabatlaridagi xatolarni baholash, aql bilan ish tutish, kompromiss qaror qabul qilish, ziddiyatlarni kelib chiqishini oldini olish orqali  amalga oshirilishi isbotlangan; 
yosh er-xotin munosabatlaridagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarish muhitini barqarorlashtirishda sotsiomadaniy omillar ta’sirini intensivlashtirish orqali o‘zaro ishonch asosida ish tutish, kechirimli bo‘lish, ijtimoiy vaqt, ibrat omiliga tayanish yo‘li orqali erishilishi asoslangan;  
oila-nikoh munosabatlarini tartibga solishda (mustaqil nikohni tanlash imkoniyati, yaqin qarindoshlik nikohini oldini olish, dinlararo, millatlararo munosabatlardagi nikohlarni qayta ko‘rib chiqish) nikohgacha yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash,  ota-onalik mas’uliyati, er-xotinlik munosabatlarida pozitiv yondashuv  muhiti, reproduktiv salomatlik, huquqiy va muloqot madaniyatini mustahkamlash orqali  yo‘lga qo‘yilishi asoslangan.
nikoh tuzish yoshining reglamentlanishi orqali yoshlarning oila va rasmiy nikoh munosabatlariga kirishishida «etuklik» omilining ijtimoiy-psixologik, ma’naviy-axloqiy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yosh er-xotinlarning oila muhitiga moslashuvida sotsiomadaniy omillarning sotsiologik tahlili bo‘yicha tadqiqot natijalaridan:
yosh oilalardagi ziddiyatlarning etnosotsiologik jihatdan transformatsiyalashuv tendensiyalarini aniqlashda turli fikrlar sabablarini aniqlash, er-xotin munosabatlaridagi xatolarni baholash, aql bilan ish tutish, kompromiss qaror qabul qilish, ziddiyatlarni kelib chiqishini oldini olish orqali  amalga oshirilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining oila va nikoh munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida tashkil etilgan «Oila – tarbiya o‘chog‘i», «Yosh oila – jamiyat tayanchi» kabi mavzularda o‘tkazilgan ma’naviy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 02-02/899-son ma’luotnomasi). Natijada aholi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish orqali oilaviy muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishga hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan; 
yosh er-xotin munosabatlaridagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarish muhitini barqarorlashtirishda sotsiomadaniy omillar ta’sirini intensivlashtirish orqali o‘zaro ishonch asosida ish tutish, ijtimoiy vaqt, ibrat omiliga tayanish yo‘li oraqali erishilishiga oid xulosalar «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2018 yilda «O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, axloq, ijtimoiy yo‘nalishlar» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2020 yil 1 dekabrdagi 01-16/314-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning hayotiy qadriyatlarini yanada mustahkamlash imkonini bergan;
oila-nikoh munosabatlarini tartibga solishda (mustaqil nikohni tanlash imkoniyati, yaqin qarindoshlik nikohini oldini olish, dinlararo, millatlararo munosabatlardagi nikohlarni qayta baholash) nikohgacha yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ota-onalik mas’uliyati, er-xotinlik munosabatlarida pozitiv yondashuv  muhiti, reproduktiv salomatlik, huquqiy va muloqot madaniyatini mustahkamlash orqali  yo‘lga qo‘yilishiga oid taklifidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining «Oila - muqaddas dargoh», «Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb masalasi» kabi mavzularda o‘tkazilgan ma’naviy tadbirlar hamda oila-nikoh munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida tashkil etilgan o‘quvlarida, seminar-treninglarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 02-02/899-son ma’lumotnomasi). Natijada  oilada nikohning muqaddasligini yoshlar ongiga singdirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlashda oila-nikoh munosabatlarini mustahkamlash imkonini bergan; 
nikoh tuzish yoshining reglamentlanishi orqali yoshlarning oila va rasmiy nikoh munosabatlariga kirishishida «etuklik» omilining ijtimoiy-psixologik, ma’naviy-axloqiy xususiyatlariga oid taklifidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «Yosh yigit-qizlarni ongli ravishda oilaga tayyorlash», «Er-xotinning burchi va mas’uliyati», «Mustahkam yosh oila – yurt tayanchi» kabi tadbirlar hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida o‘tkazilgan seminar-treninglarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2020 yil 3 iyuldagi 04-13/2005-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi 2021 yil 2 iyuldagi 3-13-23-1759-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan bo‘lajak yosh oilalarning nikohgacha mustaqil oilaviy hayotga tayyor emaslik, moslashishga uzoq vaqt ketishi, oilaviy huquq va madaniyat bo‘yicha etarli bilimga ega emaslik singari psixofiziologik jihatlar bilan bog‘liq yangi zamonaviy omillarni  aniqlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish