Narmaeva Gavhar Zarifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Modifikatsiyalangan uglerodli elektrodlar yordamida anorganik va organik birikmalarning vol`tamperometrik analizi», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K327.
Ilmiy rahbar: Aronbaev Sergey Dmitrievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Kutlimurotova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vol`tamperometriya uchun hajmiy yoki sirt modifikatsiya usullari orqali yangi uglerodli elektrodlar yaratish va ularni organik va anorganik moddalar analizida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har tomonlama qulay (ergonomik) ko‘mir-grafitli elektrodning konstruksiyasi yaratilgan;
cimob, vismut, geksatsianoferratlar yordamida sirt modifikatsiya va marganes (IV) oksid, xingidron ishtirokida hajmiy modifikatsiyalash asosida yaratilgan uglerodli elektrodlar sirtida boradigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining mexanizmlari aniqlangan;
ko‘mir-grafit kukuni sirtini oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidan olingan marganes (IV) oksidi nanozarrachalari bilan modifikatsiyalash imkoniyatlari aniqlangan; 
elektrodlar yordamida og‘ir metall ionlari va boshqa noorganik va organik moddalarni vol`tamperometrik aniqlash uslublari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Modifikatsiyalangan uglerodli elektrodlar yordamida anorganik va organik birikmalarning vol`tamperometrik analizi buyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
vol`tamperometrik analiz uchun elektrod konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 01505, 2020 y.). Natijada, ushbu elektrod keyingi modifikatsiyalash jarayonlarida qo‘llanilganda reagent-modifikatorni tejash imkonini bergan; 
vismutli elektroddan foydalanib, oqova va texnologik eritmalardagi kadmiy va qo‘rg‘oshin ionlarining past konsetratsiyalarini  inversion-vol`tamperometrik aniqlash usuli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2020 yil 27 iyundagi 475/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, Cd(II) va Pb(II) ionlarining aniqlash chegarasini 10 mkg/l ga etkazish, nisbiy xatolik esa ~5% bo‘lish imkonini bergan; 
elektrodlar va vol`tamperometrik analiz usullari «Ximprodukt» MChJda (Penza sh.) ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilgan («Ximprodukt» MChJning 2020 yil 24 avgustdagi 20-06-29/XP-son ma’lumotnomasi). Natijada, analizning barcha metrologik xususiyatlarini saqlagan holda tekshirish jarayonini soddalashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish