Imomqulov Shuhratjon Boqijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jin arra ishchi yuzasining konstruksiyasini takomillashtirish hisobiga ishlash samaradorligini oshirish”05.02.03- “Texnologik mashinalar, Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1136.
Ilmiy rahbar: Abduqahhorov Zohidjon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik texnologiya nstituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxomjon Dadaxanovich texnika fanlari doktori, professor;Muradov Akramjon Abdusattarovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jin arra ishchi yuzasi profilini takomillashtirish hisobiga uning ishlash muddatini oshirish hamda paxta tolasi va chigit sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinlash mashinasi samaradorligi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi parametrlarning turli qiymatlarida erishilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda arra profilining tola ajratish unumdorligi, tola va chigit sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
tola ajratish jarayonida yuzaga keladigan zo‘riqish kuchlari va ularning arra tishlariga ta’siri natijasida arraning texnologik xususiyatlari o‘zgarishini inobatga olgan holda arra tishlari profilining tishlar mustahkamligi va ishlash muddatiga ta’siri aniqlangan;
arra tishi profili va o‘lchamlarining tola ajratish jarayoni ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish natijalariga asoslangan holda tishlarning tola ajratish jarayoni yuqori samaradorligini ta’minlovchi parametrlari aniqlangan;
tola ajratkich arrasi tishlari geometrik parametrlarining tishlar texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish natijasida kichik balandlik va do‘ng orqa profilga ega bo‘lgan tishlar mustahkamligi va ishlash muddati amaldagi tishlarnikidan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ko‘p faktorli tajribalarni rejalashtirish va olingan natijalar asosida arra tishlarining jinlash jarayonida paxta tolasi va chigiti dastlabki sifat ko‘rsatkichlari maksimal darajada saqlanishini ta’minlovchi ratsional parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jin arrasi tishlari ratsional profilini ishlab chiqish hisobiga tola ajratish jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ratsional profilli tishlarga ega bo‘lgan arralar bilan jihozlangan tola ajratish mashinasi Namangan viloyatidagi «Uychi paxta tozalash korxonasi» A/Jda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O’zpaxtasanoat» A/Jning 2020 yil 13 oktyabrdagi № 03/18-2464 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan toladagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushini 0,5% ga kamaytirish imkoniyati yuzaga kelgan.
ratsional profilli tishlarga ega bo‘lgan arralar Namangan viloyatidagi «Uychi paxta tozalash korxonasi» A/J tola ajratish mashinasidaishlab chiqarishga joriy qilingan («O’zpaxtasanoat» A/Jning 2020 yil 13 oktyabrdagi № 03/18-2464 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, toladagi nuqsonli aralashmalar yig‘indisi 2.74% dan 2.33 % ga, toladagi ifloslik 0.43% dan 0.30%ga, chigitning mexanik shikastlanishi 0.73%dan 0.48 ga, chigitning tuksizligi 7.8% dan 7.6% ga kamayishi ta’minlangan.