Faxrutdinov Muhamadaziz Zaynutdinovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori hosilli, stress omillarga bardoshli, sitrus ekinlarini yangi istiqbolli navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx350.
Ilmiy rahbar: Raxmanqulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: sitrusning «Greypfruktni pomelo Zayniddin» navi (NAR 00274), «Apel`sin Uzbekistan» navi (NAR 00275), «Mandarin Tashkent» navi (NAR 00276). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 20 oktyabrdagi 01-08/1608, 01-08/1609, 01-08/1610-son xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi: sitrus meva turlarining, tur doirasida va turlararo duragaylash asosida yaratilgan, turli iqlim sharoitlariga moslashgan yangi tezpishar, serhosil, kasalliklarga bardoshli, shirin mazali va vitamin moddalari yuqori sifatli bo‘lgan mahalliy navlarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sitrus mevaning apel`sin, mandarin va grepfruktni geografik kelib chiqishi uzoq bo‘lgan namunalarni duragaylash asosida olingan yuqori avlod duragay populyasiyasida qimmatli xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi hamda ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar isbotlangan;
turlararo duragaylarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligini tahlil qilish asosida suv tanqisligi, kasallikka bardoshlilik va sho‘rxoklikka chidamli grepfruktni Zaynuddin navi yaratilgan;
turli ekstremal sharoitlarda hosildorlik, tezpisharlik, kasallikka bardoshlilik kabi qimmatli xo‘jalik belgilarini va hosilning sifat ko‘rsatkichlarini barqaror saqlab qoladigan genotipi boyitilgan olingan hamda ular asosida yangi apel`sini O‘zbekiston navi yaratilgan;
sitrus mevaning qimmatli xo‘jalik belgilirini yaxshilash va yangi navlarni yaratishda boshlang‘ich manba sifatida foydalanish uchun mandarini Toshkent navi yaratilgan;
genotipi boyitilgan tizmalar asosida qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan ertapishar, serhosil, kasallik va qurg‘oqchilikka chidamli, sitrus meva sifati va hosili yuqori bo‘lgan «grepfruktni Zaynuddin», «apel`sini O‘zbekiston» va «mandarini Toshkent» navlariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patentlar (NAR 00274, NAR 00275, NAR 00276) olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
sitrus meva turlarining, tur doirasida va turlararo duragaylash asosida yaratilgan, turli iqlim sharoitlariga moslashgan yangi tezpishar, serhosil, kasalliklarga bardoshli, shirin mazali va vitamin moddalari yuqori sifatli bo‘lgan mahalliy navlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
sitrus mevalarini to‘g‘ri va samarali parvarishlash maqsadida «Limonchilikning o‘ziga xos sanoatlari», «osobennosti virashhivaniya sitrusov v Uzbekistane», «Chudo-sitrusi Uzbekistana» nomli kitoblari nashr etilgan (Qishloq Xo‘jaligi Vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/029-2551-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kitoblar limon etishtirish texnologiyasini o‘rganishda fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa er egalari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun muhim qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan ertapishar, serhosil, kasallik va qurg‘oqchilikka chidamli, sitrus meva sifati yuqori bo‘lgan «greypfrukt Zaynuddin», «apel`sin O‘zbekiston» va «mandarin Toshkent» navlariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patentlari olingan (Qishloq Xo‘jaligi Vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/029-2551-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur sitrus meva navlari respublikaning limonchilik fermer xo‘jaliklarida va sitrus meva issiqxonalarida ekilib kelinmoqda;
mandarinning «Mandarin Tashkent» navi ko‘chatlari 0,02 ga va grepfrut pomelloning «Greypfrukt pomelo Zaynutdin» navi ko‘chatlari 0,01 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq Xo‘jaligi Vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/029-2551-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 1 tup o‘simlikdan 30-35 kg gacha hosil etishtirilib, o‘rtacha 100 tup sitrus o‘simliklardan jami 3500 kg hosil etishtirilgan va o‘rtacha 52 mln so‘m daromad olishga erishilgan;
apelsinning «O‘zbekiston» navi ko‘chatlari 0,02 ga joriy etilgan (Qishloq Xo‘jaligi Vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/029-2551-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 1 tup o‘simlikdan 40-45 kg gacha hosil etishtirilib, o‘rtacha 100 tup sitrus o‘simliklardan jami 4200 kg hosil etishtirilgan va o‘rtacha 63 mln so‘m daromad olishga erishilgan.