Muhamedov Azizbek Xolmurat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «XX asr Evropa va O‘zbek tarjimashunosligining taraqqiyot prinsiplari», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.2.PhD/Fil873
Ilmiy rahbar: Xolbekov Muhammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Qarshiboeva Uljon Davirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek tarjimachiligi an’analarini Evropa va sobiq ittifoq tarjimashunosligi bilan qiyoslagan holda uning yutuqlari va kamchiliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba XX asr o‘zbek tarjimashunosligi Evropa va sobiq ittifoq davlatlari tarjima nazariyalari bilan qiyoslanib, g‘arb va rus tarjimashunosligining o‘zbek tarjima nazariyasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga ta’siri aniqlangan;
Evropa davlatlari, sobiq ittifoq respublikalari va o‘zbek tarjimashunosligining diaxronik rivojlanishi, tarjima nazariyasining mustaqil fan sifatida shakllanishi va XX asr tarjimachilik faoliyatining taraqqiyot bosqichlaridagi korrelyativlik prinsipi asoslangan;
XX va XXI asrlarda o‘zbek tarjima nazariyasi erishgan yutuqlar xronologik tarzda, xorijiy tillardan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan xorijiy tillarga tarjimaning adabiy va lingvistik prinsiplariga bag‘ishlangan fundamental nazariyalar (lingvistik va badiiy tarjima nazariyasi, umumiy, juz’iy, maxsus va mashina tarjimasi nazariyalari) va qarashlar (R.Yakobson, A.Lyudskanov, O.Kade, E.Kari, J.Munen, T.Seyvori, J.Ketford, K.Rays, J.Xolms, A.Fedorov, I.Leviy, S.Siddiq, G‘.Salomov, Q.Musaev kabi olimlar) asosida dalillangan;
xorijiy tillardan o‘zbek tiliga bilvosita va bevosita tarjimaning adekvatlik va ekvivalentlik kabi nazariy muammolari mavjud nazariyalar (tarjimaning semantik, lingvistik, badiiy, kommunikativ-funksional, tarjimaga matniy yondashuv, Skopos nazariyalari) asosida aniqlangan hamda XXI asr o‘zbek tarjima nazariyasining taraqqiyot prinsiplari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr Evropa va O‘zbek tarjimashunosligining taraqqiyot prinsiplari tadqiqi va tahlili natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tarjimashunosligi Evropa va rus tarjima nazariyalari bilan qiyosan o‘rganilishi, XX asr tarjima nazariyasi taraqqiyoti va tarjima amaliyotiga oid materiallardan №I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3360-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tadqiqotchi va o‘qituvchilarning tarjima nazariyasi, tarjima metodlari, tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid bilim va malakalari yanada takomillashtirilgan;
Evropa davlatlari, sobiq ittifoq respublikalari va o‘zbek tarjima nazariyasining mustaqil fan sifatida va tarjima nazariyasining fan sifatida taraqqiyoti prinsiplariga oid nazariy xulosalar Jizzax politexnika institutida bajarilgan “Sozdanie proforientatsionnogo sentra i sovmestnoy uchebnoy laboratorii po elektronike” nomli loyihasi doirasida o‘quv modullarini shakllantirishda hamda o‘quv mashg‘ulotlari va malaka oshirish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3360-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchi va talabalar XX asr tarjima ilmi taraqqiyoti va tarjima nazariyasining fan sifatida shakllanishi, Evropa, rus va o‘zbek olimlarning tarjimashunoslikka oid nazariy qarashlari, tarjima tarixi va metodlariga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
XX va XXI asrlarda o‘zbek tarjima nazariyasi erishgan yutuqlar, xorijiy tillardan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan xorijiy tillarga tarjima qilish prinsiplariga oid ilmiy tadqiqotlar xulosalaridan Jizzax viloyati teleradio-kompaniyasining 2020 yil 5 iyul` kuni efirga uzatilgan “Sarchashma” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati bo‘limining 2020 yil 13 avgustdagi 02-09/638-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr Evropa, rus va o‘zbek tarjimashunosligining taraqqiyoti tamoyillari, tarjimashunos olimlarning nazariy konsepsiyalari va tarjima metodlariga oid ma’lumotlar orqali ko‘rsatuv mazmuni boyitilishiga erishilgan.