Nizamova Shoira Isamiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlar iiqtisodiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi», 13.00.07 – Ta’limd amenejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.1.PhD/Ped510.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari kompetentligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari mustaqil kasbiy rivojlanish tamoyiliga asoslangan muqobil malaka oshirish shaklini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining iqtisodiy kompetentligi kasbiy rivojlanish ta’limiga integratsiyalashgan mehnat faoliyati asosida mustaqil ravishda shakllanishi va rivojlanishi (Sirdaryo va Toshkent shahridagi 20 nafar maktab direktori misolida) asoslab berilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining iqtisodiy kompetenligini aniqlash mexanizmlari o‘quvchi yoshlarning o‘quv muvaffaqiyatlari, maktabdagi ishchanlik muhiti darajasi mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashuvining stajirovka va malakaviy amaliyot shakllarini joriy etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari mustaqil kasbiy rivojlanish tamoyiliga asoslangan muqobil malaka oshirish shaklini joriy etish orqali takomillashtirilgan (Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 25 oktyabrdagi 02-02/4-956-son ma’lumotnomasi). Natijada Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarining tayyorgarligi va kompetentligiga qo‘yiladigan davlat talablari Milliy malakalar ramkasida berilgan tuzilmalarga xos iqtisodiy-moliyaviy kompetentlik ko‘rsatkichlari mazmuni takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining iqtisodiy kompetentligi kasbiy rivojlanish ta’limiga integratsiyalashgan mehnat faoliyati asosida mustaqil ravishda shakllanishi va rivojlanishi (Sirdaryo va Toshkent shahridagi 20 nafar maktab direktori misolida) asoslab berilgan (Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 25 oktyabrdagi 02-02/4-956-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktorida ta’lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni tushunish va ularni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalari shakllantirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining iqtisodiy kompetenligini aniqlash mexanizmlari o‘quvchi yoshlarning o‘quv muvaffaqiyatlari, maktabdagi ishchanlik muhiti darajasi mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3276-son «Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 apreldagi 343-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida” qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdafoydalanilgan (Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 25 oktyabrdagi 02-02/4-956-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktorlari uchun muassasani boshqarishda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning samaradorligini tahlil qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashuvining stajirovka va malakaviy amaliyot shakllarini joriy etish orqali takomillashtirilgan. (Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 25 oktyabrdagi 02-02/4-956-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktorlari iqtisodiy faoliyati samaradorligini aniqlash mezonlari boshqarishni loyihalashtirish, motivatsiya va o‘zaro ishonch, hamkorlik muhitini yaratish, monitoringni amalga oshirish orqali ishlab chiqilgan.