Esebaev Marat Matekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq dostonlarida mifologik motivlar” (evolyusiyasi va tipologiyasi)”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik(filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil395.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti,Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Eshanqulov Joppor Salievich, filologiyafanlaridoktori, professor; Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘ston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq dostonlarida mifologik motivlarning genezisi, evolyusiyasi, tipologiyasi, poetikasi, qadimgi tarixiy manbalari, obrazlar tizimi, badiiy estetik funksiyalari va qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq xalq dostonlaridagi mifologik motivlarning qadimiy manbalari va tarixiy asoslarini oydinlashtirish natijasida epik syujet elementlarining arxaik qatlami aniqlangan hamda mifologik motivlarning qahramonlik dostonlarini shakllantiruvchi badiiy asos vazifasini bajarganligi dalillangan;
mifologik motivlarning vujudga kelishi, shakllanishi va xalq og‘zaki ijodining afsona, ertak, doston kabi janrlariga diffuziyalanishi jarayonida arxaik fol`klorga xos mifopoetik kodlar badiiy-estetik timsol va obrazlarga aylanganligi aniqlangan;
qadimgi miflar va arxetipik obrazlarning badiiy tafakkur taraqqiyoti davomidagi tadrijiy takomili va epik talqinlari qoraqalpoq xalq og‘zaki badiiy ijodidagi mifologik personajlar tizimining vujudga kelishiga asos bo‘lganligi isbotlangan;
qoraqalpoq xalq dostonlarida uchraydigan dimiurg xususiyatiga ega mifologik obrazlarning genetik asoslari ajdodlarimizning olamning yaralishi haqidagi mifologik tasavvurlari va kosmogonik qarashlari bilan bog‘liqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq dostonlaridagi mifologik motivlarning genezisi, evolyusiyasi va tipologiyasi, shuningdek, mifologik obrazlarning tarixiy-genetik asoslari va badiiy-estetik vazifalarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot bo‘yicha erishilgan natijalar asosida:
xalq dostonlaridagi mifologik motivlarning manbalari, shakllanishi va tadrijiy taraqqiyotiga doir ilmiy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpog‘iston gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish» (2012-2016) yo‘nalishlaridagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 11 noyabrdagi 240/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalq dostonlaridagi an’anaviy motivlarning qadimiy qatlami o‘zining arxaik fol`klorga xos xususiyatlarni saqlab qolganligi haqidagi ilmiy xulosalar asosida xalq eposining genezisi va evolyusiyasi bosqichlarini yangi materiallar asosida o‘rganishga erishilgan;
qadimgi mifologiyadagi arxetipik timsollarning tadrijiy rivoji va epik diffuziyasi natijasida qoraqalpoq xalq og‘zaki badiiy ijodidagi mifologik obrazlar silsilasi shakllanganligi haqidagi xulosalaridan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpog‘iston gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligidagi va adabiyotshunosligidagi tarixni tadqiq qilish» ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 11 noyabrdagi 240/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq mifologiyasi va mifik motivlarning fol`klorshunoslikda o‘rganilishiga doir yangi materiallar ilmiy muaomalaga kiritilgan.
mifologik motivlarning shakllanishi tarixi, badiiy takomili va xalq og‘zaki ijodining afsona, ertak, doston kabi janrlaridagi epik talqinlariga doir ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablari, ta’lim tizimida qo‘llanilib, yaxshi samaradorlikka erishilgan, 7, 8, 10-sinflarda qoraqalpoq adabiyoti darsliklarida o‘quvchilarga darsliklar mazmunini mustahkamlashda amaliy yordam bergan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 11-noyabrdagi 01-01/10-0663-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fol`kloriga tegishli mavzular mazmuni yoritilgan o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda xalq dostonlarining tarixiy ildizlari va poetik tabiatiga doir yangi ilmiy qarashlarning o‘quv amaliyotiga joriy qilinishiga erishilgan;
xalq dostonlari syujetining qadimiy ildizlari arxaik mifologiyaga borib taqalishiga doir ilmiy qarashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va Madaniyati davlat muzeyida tashkil etilgan «Qoraqalpoq xalq dostonlarida mifologik motivlar» nomli adabiy-tarixiy ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan suhbatlar va ma’ruzalarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 208-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari namunaviy dastur asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va Madaniyati davlat muzeyining ekskursiya ma’ruzalarini boyitishga erishilgan hamda tarixiy manbalarni badiiy-estetik nuqtai-nazardan talqin qilish va shu orqali davr haqiqatini ochib berish imkonini bergan;
qoraqalpoq xalq afsona, ertak va dostonlaridagi mifologik motivlarning o‘ziga xos xususiyatlariga doir ilmiy-tahliliy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Adabiyot bo‘stoni» ko‘rsatuvi hamda «Adabiyot va davr», «Meros», «Xalq durdonasidan» eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradokompaniyasining 2020 yil 12 noyabrdagi 01-02/223-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda milliy ma’naviy qadriyatlarga hurmatni shakllantirib, ularni vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq targ‘ibot ishining ko‘lami kengaytirilgan.