Butunbaeva Tumaris A’zamjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy nazmiy diskursda individuallikni ta’minlovchi lisoniy vositalar (A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’riyati misolida)”, 10.00.01-O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil480. 
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Eltazarov Jo‘liboy Donaboevich, filologiya fanlari doktori; Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor  
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’riyatida umumiy lingvopoetik qonuniyatlarning xususiy voqelanish omillarini belgilash orqali til birliklarining she’riy nutq individualligini ta’minlovchi lingvopoetik va lingvopragmatik tabiati hamda imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XX asr oxirida yuzaga kelgan ijtimoiy voqelik ta’sirida shakllangan o‘zbek she’riyati vakillari A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo badiiy ijodi o‘zaro qiyoslanib, lingvopoetik, lingvopragmatik va  lingvostilistik xususiyatlari ochib berilgan; 
A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’riy nutqidagi turli xil lisoniy vositalar – fonetik (alliteratsiya, assonans), leksik vositalar (paronomaziya, ibora, maqol, matal), badiiy tasvir vositalarining stilistik imkoniyatlari, she’riy nutqning o‘ziga xosligini ta’minlashdagi o‘rni aniqlangan;
shoirlar she’rlarining lingvopoetik xususiyati sifatida metafora, metonimiya, kinoya, o‘xshatish, sifatlash, takror, antiteza, oksimoron, palindrom, so‘z o‘yini kabi badiiy tasvir vositalarining lisoniy mavqei aniqlashtirilib, badiiy estetik, stilistik va pragmatik imkoniyatlari ochib berilgan;
maqol, matal, iboralarning she’riy nutq mazmundorligini ta’minlashdagi individul mahorati va kommunikativ-pragmatik mavqei hamda ularning badiiy matndagi o‘zgarishli qo‘llanishi ushbu shoirlar ijodi misolida dalillangan;
A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’rlarida so‘zlarning ma’no ottenkalari, nutq vaziyati bilan bog‘liq variantlari kabi leksik vositalarning badiiy-pragmatik (yashirin) ma’no va lingvopoetik mohiyat kasb etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’rlarining lingvopoetik va lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’rlarining lingvopoetik va lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida shoirlar she’riyati lingvopoetik xususiyatlarini aniqlashga oid xulosalar FA-F1-80 raqamli “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-552-son ma’lumotnomasi). Natijalarga tayanilgan holda ko‘plab leksema va atamalarning izohlari mukammallashtirilgan;
zamonaviy she’riyatning badiiy poetik xususiyatlari, nutqiy individuallik, she’riyatda lingvopoetik vositalarning ifodasi masalalari yuzasidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim she’riyat” adabiy to‘garagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 01-03-19\883-son ma’lumotnomasi). natijalar A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’riyatiga oid qarashlarning shakllanishi va boyishiga xizmat qilgan;
A’zam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi mulohazalardan “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbek she’riyati” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 21 dekabrdagi 04-25-1221-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish