Begmatova Gulchexra Xolmurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek milliy korpusida idiomalar bazasini yaratish”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1026.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shohista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor;Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy korpusida idiomalar bazasini shakllantirishning ilmiy, nazariy-amaliy asoslarini yoritish orqali ularni til korpusiga kiritish hamda razmetkalash masalalarining nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili milliy korpusida idiomalar bazasini shakllantirishda leksikografik asosning etarli emasligi, lug‘atlarda idiomalar frazeologik birliklardan ajratilmay tavsiflanganligi, izohlarda aniq tamoyilga asoslanilmaganligi aniqlangan;
kollokatsiyalar (turg‘un birikmalar)ning o‘zbek va xorijiy (rus, ingliz) tillarida morfologik analizatorlar funksional imkoniyatining lingvistik ta’minot jihatidan farqli, semantik razmetkalash hamda matematik modellashtirish usullari jihatidan esa mushtarak ekanligi aniqlangan;
latent-semantik tahlil, o‘zaro aloqador axborotni baholash, parallel matnlarni birlashtirish usullari asosida idiomatik qurilmalarni matematik modellashtirish asoslari ochib berilgan;
O‘zbek Milliy Korpusida idiomalarni qidirish, tanlash va variantlari bilan ko‘rish imkonini beruvchi, mazkur idiomatik birliklar mazmuni, sinonimlari hamda variantlari, ingliz, rus va ba’zi turkiy tillardagi muqobillarini jamlovchi o‘zbek tili idiomalar onlayn bazasi (Idioms.uz) veb-ilovasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili milliy korpusida idiomalar bazasini ishlab chiqish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
turkiy tillar qatori o‘zbek tili frazeologik tizimida mavjud leksik-semantik butunliklarning o‘rni, idiomatik konstruksiyalarning o‘rganilishini o‘zbek tili misolidagi holatini asoslash va tasdiqlashga doir nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzularidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 23 iyundagi 17.01/127-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologik birikmalarning olam milliy manzarasini shakllantirishi va turkiy tillar qatori o‘zbek tilidagi idiomatik qurilmalarning lingvomadaniy tabiatiga oid bilimlarning mukammallashuviga erishilgan;
idiomatik birliklar tuzilishining umumiy tamoyillari hamda uning axborot-qidiruv tizimidagi ahamiyatini aniqlash; turkiy tillar (qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, boshqird, tatar, turkman tili) qatorida o‘zbek tili so‘z yasalish tizimida idiomatik birliklarning yuzaga kelishida o‘xshatish va “markaziy so‘z” o‘rnida ot va sifat turkumidagi so‘zning ishtirokini e’tirof etish; idiomatik qurilmalarni leksikografik jihatdan ideografik tasniflashda ular tarkibidagi lokal komponentning nima orqali yoxud qanday ifoda topganini aniqlash evaziga til korpusida ma’lumotlarning tezkor qidiruviga erishish imkoniyatlarini yoritish; idiomalarning ma’lum hududda qo‘llaniluvchi, milliy xoslangan va amaliy xarakterga ega lug‘aviy birliklar ekani to‘g‘risidagi tadqiq natijalarini kompyuter tilshunosligi nuqtayi nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tadbiq etish haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 fevraldagi 35/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim sohasida kompyuter lingvistikasini o‘rganish va lisoniy kompetensiyani rivojlantirishga doir qarashlarning mukammallashuviga erishilgan;
idiomalarning o‘zbek nutq madaniyatida tutgan o‘rni, lingvomadaniy xossalarining jonli nutqda namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan ( 2021 yil 17 maydagi 01-01/59-son ma’lumotnoma). Natijada yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga etishtirish, yoshlar orasida til madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimida o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.