Bababekov Akbar Davurbavichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrda O‘zbekiston tog‘li tumanlarida etnoiqtisodiy jarayonlar (Sangzor-Zomin mintaqasi misolida)”, 07.00.07. – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tar256.
Ilmiy rahbar: SalimovTursun O‘sarovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor; TagaevAkbar Ravshanovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sangzor-Zomin tog‘li tumanlarida XX asrda kechgan etnoiqtisodiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy antropologiyaga xos marjinalizm, formalizm, substantivizm, institusionalizm singari ilmiy tamoyil va nazariyalar negizida shakllangan etnoiqtisodiyotning an’anaviy xo‘jalik hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan zanjirsimon rivojlanish bosqichlari ochib berilgan;
Sangzor-Zomin mintaqasida agrar tarmoqning ustunligi, ishlab chiqarishda natural va mayda tovar shaklining qo‘shib olib borilishi, yopiq tizimli uy xo‘jaligi, bandlikning ekstensiv tipi hamda qo‘l mehnatining ustunligi tog‘li aholi xo‘jalik faoliyatida “miroblik”, “hashar”, “oshnachilik” kabi norasmiy jamoaviylik institutlarining shakllanishiga asos bo‘lganligi aniqlangan;
XX asr davomida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning notekis kechishi natijasida yuzaga kelgan “to‘lqinsimon iqtisodiy jarayon” ta’sirida aholining etnoxo‘jaligi (dehqonchilik, chorvachilik, uy hunarmandchiligi) uning moddiy turmush darajasini inqirozdan saqlab qolishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilganligi isbotlangan;
Sangzor-Zomin mintaqasi aholisining marosimlar iqtisodiyoti va moddiy madaniyat komponentlarining XX asr davomidagi davriy o‘zgarishlari barqarorlashib borgan oila byudjeti (daromad va xarajatlar miqdori) hamda daromad manbalari (tomorqa, bog‘, chorva)ga uzviy bog‘liqligi etnografik materiallar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tog‘ va tog‘oldi mintaqalari aholisi turmush tarzidagi etnoiqtisodiy jarayonlarni tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XX asr davomida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar (er-suv dekretlari, xususiy mulkchilikning bekor qilinishi, kollektivlashtirish, qishloq xo‘jaligida davlat monopoliyasining o‘rnatilishi, natsionalizatsiya) natijasida yuzaga kelgan “to‘lqinsimon iqtisodiy jarayon” sharoitida aholining etnoxo‘jaligi (dehqonchilik, chorvachilik, uy hunarmandchiligi) uning moddiy turmush darajasini inqirozdan saqlab qolishda asosiy omil bo‘lganligi xususidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy Meros departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 01-12-03-634-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududida joylashgan moddiy-madaniy meros yodgorliklari tarixi va etnologiyasini o‘rganishda, yurtimizning etnoturizm salohiyatini to‘laqonli amalga oshirishda hamda Madaniyat vazirligini Madaniy meros departamenti va Jizzax viloyati madaniy meros davlat boshqarmasining amaliyoti uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Sangzor-Zomin mintaqasi aholisi xo‘jalik munosabatlarida birdamlik, iqtisodiy hamkorlik va ijtimoiy yordam prinsiplariga asoslanganjamoaviy institutlar (xashar, “oshnachilik”) yetakchi o‘rin tutib, yoshlarni jamoviy munosabatlarga va shaxsiy xo‘jalik hayotini yuritishda o‘ziga xos maktab bo‘lganligiga doir ilmiy xulosalardan “Antropologiya va etnologiya” yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuvda va milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ma’rifiy-madaniy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 7 iyuldagi 01-07-879-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning yanada kuchayishiga, ilmiy yondashuvlarning takomillashishiga hamda O‘zbekiston Respublikasida etnologiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarishga, ko‘pmillatli yurtimizda millatlararo do‘stlik munosabatlarni mustahkamlash yo‘nalishida istiqboldagi chora-tadbirlar rejalarining takomillashuvi imkonini bergan;
XX asrda tarixiy-geografik mintaqalarga xos xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan antropologik tadqiqotlar jarayonida yaratilgan nazariyalar(formalistik, substantivizm va institusionalizm) asosida iqtisodiy antropologiya alohida fan tarmog‘i sifatida shakllanganligigaoid ilmiy mulohazalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining bir qator ko‘rsatuvlari, xususan, “Etno” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 16 dekabrdagi 01-40-1304-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli etnoslarning o‘zaro madaniy aloqalari, savdo va pul-tovar munosabatlari ta’siri doirasida ko‘p asrlik tarixga ega xo‘jalik an’analarini tiklash uchun xizmat qilgan.