Amriddinova Nazira Shamsidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kontekstda frazeologik semantikaning aktuallashuv tamoyillari(hozirgi ingliz tili materiallari asosida)”, 10.00.04 – “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1213.
Ilmiy rahbar: Bushuy Tat`yana Anatol`evna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Xaydarovich,filologiya fanlari doktori, professor; Rasulov Zubaydullo Izomovich,filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: Andijondavlatuniversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi frazeologik birliklar (FB) semantikasining matndagi o‘zgarish imkoniyatlarini aniqlash, frazeologizmlar mazmunining turli shakllarini o‘rganish, FB mohiyatidagi mavjud imkoniyatlar hamda ingliz tilidagi frazeologizmlar ma’nolari xilma-xilligining chegarasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazeologik birliklarning denotativ, konnotativ va kontekstual semantik ma’no belgilari hamda kontekst sathdagi uzuallik va okkazionallik doirasidagi semantik maydoni chegarasi aniqlangan;
ingliz tilidagi frazeologik birliklar kontekstual va lug‘aviy ma’nolarining turg‘un va o‘zgaruvchan jihatlari o‘rtasidagi munosabatlar badiiy asarlardan tanlangan kontekstlar misolida isbotlangan;
frazeologik birlik tarkibidagi komponent-so‘zlarning nominativ vazifasi, kommunikativ maqsad va stilistik-pragmatik ma’nosi nuqtai nazaridan almashinuvi dalillangan;
frazeologik birliklar ma’nolarining okkazional transformatsiyalari asosiy semantik, leksik va sintaktik turlari aniqlangan va ularning murakkab nominatsiya tashkil etishiga ko‘ra vazifaviy mohiyatini dalillovchi lisoniy omillarning tasnif mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kontekstda  frazeologizmlar semantikasining faollashuv prinsiplari tadqiqi  asosida:
frazeologik birlik tarkibidagi komponent-so‘zlarning nominatsiya, kommunikativ vaziyat va pragmatik samaradorlik nuqtai nazaridan almashinuvi mexanizmi yoritib berilgan va turli semantik-strukturaviy FB faollashuvining o‘ziga xosliklarining tizimlashtirilgan mexanizmi  2014-2015 yillarda bajarilgan I-204-4-5 raqamli«Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish»nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 89-03-5383-son ma’lumotnomasi). Natijada, sotsiolingvistika va pragmalingvistika fanlariga nisbatan yondoshuvlarni takomillashtirish maqsadida yaratilgan  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratishga xizmat qilgan;
inglizcha frazeologizmlarning muayyan kontekstual vaziyatlardagi asosiy iboraviy ma’no variantlari tadqiq etilgan tahlillari hamda materiallari Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifiqi qoshida Tempus Project 544161 - TEMPUS-1 -2013-1 -UK.-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL «Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes» loyihasi ijrosini ta’minlashda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21dekabrdagi 89-03-53-83-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion tadqiqot loyixasi asosida professor-o‘qituvchi va magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarning tilshunoslik, leksikologiya va ingliz tili frazeologiyasi borasidagi bilimlarni oshirish hamda ta’lim jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan fan dasturlari, ularning kontenti hamda frazeologik so‘zlashgichlarni ishlab chiqishda yangi yondashuvlarga xizmat qilgan;
frazeologik birliklarning kontekstda semantik o‘zgaruvchanligi imkoniyatlarining uzuallik va okkazionallik doirasidagi chegarasi hamda mazkur tadqiqot matnda frazeologik semantikaning aktuallashuvi tamoyillari asosida tahlil etilgan turli frazeologik birliklar 5111400 –Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun chop etilgan “Kratkiy anglo-fransuzsko-russko-uzbekskiy frazeologicheskiy slovar`” lug‘atni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21dekabrdagi 89-03-53-83-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilgan frazeologik birliklar “Kratkiy anglo-fransuzsko-russko-uzbekskiy frazeologicheskiy slovar`” lug‘atini amaliy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
ingliz tilidagi frazeologik birlik kontekstual va lug‘aviy ma’nosining turg‘un va o‘zgaruvchan jihatlari o‘rtasidagi munosabatlar va kontekstda frazeologizmlar semantikasining faollashuv prinsiplarini (ingliz  tili  materiali asosida) o‘rganishga doir natijalardan Samarqand viloyat STR teleradiokompaniyasining “Kitob va kitobxonlik” hamda “Ingliz tilini o‘rganamiz” ko‘rsatuvlari ssenariysida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 18 noyabrdagi 09-01/335-son  ma’lumotnomasi).  Natijada  ko‘rsatuvlarning mazmun-mundarijasi yangi manbalar vositasida to‘ldirilib  ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda tinglovchilarning ingliz tili frazeologiyasi borasida bazaviy ko‘nikmalari shakllanishiga asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish