Abdullaeva Raviyajonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis - o‘zbek adabiy aloqalarining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari va ilmiy asoslari (adabiy aloqa, tarjima va ta’sir masalalari)”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik vatarjimashunoslik, (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Fil134.
Ilmiy maslahatchi: Nazarov Baxtiyor Aminovich, akademik, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar:ErmatovBahodir Sodiqovich, filologiya fanlari doktori; Qosimov Abdug‘oppir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yulian Rench (Mayns universiteti, Germaniya), filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis turkiyshunosligi tarixini yoritish, adabiy aloqalar yuksalishiga sabab bo‘lgan omillarni ko‘rsatish, tarjima jarayonida vujudga kelgan ijodiy ta’sirni aniqlash va Navoiy asarlari tarjimalarini lingvopoetik tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turkologlarning ilmiy izlanish maskani bo‘lgan Shimoliy Turkiston (Xitoy) hududidagi «Turfan Oasen»dan olib ketilgan noyob qo‘lyozmalar Germaniyada turkiylar dunyosining o‘tmishini yoritishiga xizmat qilishi Berlin va Laypsih turkiyshunoslik maktablari misolida tarixiy va ijtimoiy-madaniy jihatdan isbotlangan;
adabiy aloqalarning taraqqiyot bosqichlarida tarjima, ta’sir, tipologik mushtaraklik (o‘xshashlik) va o‘zaro muloqot kabi masalalar asosiy omil ekanligi nemis va o‘zbek adabiyoti namunalari misolida dalillangan;
nemis-o‘zbek adabiy aloqalarining «shillershunoslik» yo‘nalishidagi yangi bosqichi «Qaroqchilar» - «die Räuber» (F.Shiller) romantik dramasining o‘zbek teatri sahnasida nemis tilida ijro etilishi (2009) va «Nechuk shirin baxt ekan...»(F.Shiller) she’rining o‘zbek musiqa asboblari yordamida o‘zbek tilida ijro etilishi (Xalqlar do‘stligi konsert zali, 28.02.1984) bilan dalillangan;
«Wandrers Nachtlied» (Y.V.Gyote), «Teilung der Erde» (F.Shiller) she’rlarining o‘zbekchaga tarjima jarayonidagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va tarjimonlarning badiiy mahorati lingvopoetik jihatdan ochib berilgan, tarjimaning muqobil variantlari ishlab chiqilgan;
ijodiy ta’sirning zohiriy va botiniy ko‘rinishlari Gyote, Shiller tragik va romantik asarlarining («Faust», «Die Räuber», «Kabale und Liebe») o‘zbek adabiyoti va o‘zbek teatri san’ati rivojiga ta’siri misolida aniqlangan;
o‘zbek adabiyotshunosligida Navoiy ijodining Germaniyada o‘rganilish tarixining yaxlit manzarasini yaratish orqali g‘azal, ruboiy va aforizmlar tarjimasidagi o‘ziga xos qiyinchiliklar aksariyat g‘azallar tarjimasida so‘z emas, ruh birlamchi ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis-o‘zbek adabiy aloqalarining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari va ilmiy asoslariga oid ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klor institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida «Adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar» bo‘limi tomonidan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GO40 «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va ta’sir» fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda, dissertatsiyaning «Izzat Sulton dramalarida Shiller an’analari», «Shiller va o‘zbek adabiyoti», «Adabiy aloqalar tipologiyasi (Germaniya turkiyshunosligi misolida)», «Navoiy va Gyote: hayotiy mushtarak nuqtalar” qismidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klor institutining 2019 yil 11 dekabrdagi 1/644-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis - o‘zbek adabiyotini qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida o‘rganishda, ta’sir va tipologiya masalalarini yoritishda mazkur mavzu xalqaro doiradagi aloqalar rivojiga muhim hissa qo‘shgan;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klor institutida «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari» mavzusidagiF1– FA. 2012–1–8 raqamli fundamental ilmiy loyihani bajarishda,dissertatsiyaning «Olisdagi yaqinimiz: I. Baldaufning ilmiy faoliyati haqida» («Jahon adabiyoti».–Toshkent.2016.–№12.– B.136-138), «Ravshan» dostonining nemischa tarjimasi xususida fikr - mulohazalar» (Olmonshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari. –Toshkent. 2011. – B. 22-27), «Germaniya turkologiya maktablari»dagi (Olmonshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari. –Toshkent. 2011. –B.27-34) ma’lumot va ilmiy xulosalardan foydalanilgan (O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klor instituti 2020 yil 11 sentyabrdagi 1/334-son ma’lumotnomasi).Natijada o‘zbek fol`klorini jahonga targ‘ib qilishga erishilgan;
Gyote instituti seminarlarida tadqiqotning «Die Wiederentdeckung des groβen Dichters» (A.Kurella) asari tarjimasi ish dasturiga kiritilib, ba’zi noaniqlik va xatolar tahlilga tortildi. «Navoiy g‘azal, ruboiy va aforizmlari tarjimasining lingvopoetik tahlili», «Germaniya turkiyshunoslik maktablarining ilmiy - tarixiy asoslari» boblari ish jarayoniga joriy etildi. «Deutsch-russisch-usbekisches Wörterbuch der Abkürzungen», «Shiller va o‘zbek adabiyoti» monografiyasi, «Kennenlernen - Tanishuv» to‘plamlaridan universitetlarning turkolog va talabalari foydalanmoqdalar. Germaniyaning Quyi Saksoniya federal o‘lkasida EXRO-2000. Hannover jahon proektida K.Shvittersning «An Anna Blume» grotesk - g‘aroyib hajviy asari tarjimasi Hannoverda diskka yozilib, katalogga kiritilgan. Bundan universitetlarning turkolog o‘qituvchi va talabalari foydalanmoqdalar. Humbol`dt universiteti professori I. Baldauf va Germaniya «Dagۥ yeli» nashriyoti tarjimoni M. Pshherolar bilan bo‘lgan muloqotlarda badiiy - ilmiy tarjimalar tahlillaridan foydalanilgan (Jan Helfer.Institutsleiter Goethe-Institut Taschkent.www. goethe. de. 2019 yil 1noyabrdagi ma’lumotnomasi) Natijada bu izlanishlar Navoiy shaxsini anglashga yordam bergan, davlatlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga erishilgan;
Berlin Humbol`dt va Fraye universitetlari turkologlariga «das Blockseminar» amaliy kursini o‘tishda dissertatsiyaning tarjimaga oid qismidan, professor I.Baldauf bilan muloqotlarda badiiy - ilmiy tarjima tahlillaridan foydalanilgan (Bestätigung der Humboldt Universität zu Berlin• Mittelasienwissenschaft. Prof.Dr.I.Baldauf. 12.01.1996.) Natijada turkologlar bilan ilmiy hamkorlik rishtalarini bog‘lashga, o‘zbek millatiga xoslikni ko‘rsatishga erishilgan;
Turkiyaning «Dolzarb san’at» jurnalida dissertatsiya xulosalari, «Shiller va o‘zbek adabiyoti» (2012. 212 b.) monografiyasi, Shiller ijodini O‘zbekistonda targ‘ib qilishda va «Ravshan» dostonining tarjimasi xususida fikr-mulohazalar” maqolasidan foydalanilgan (Alanya/ Antalya. Güncel Sanat Dergısı Yazı Ìşlerı Müdüri Arslan Bayir. 2020 yil 15 yanvar` oydagi 6/13 son ma’lumotnomasi). Natijada Shiller ijodining o‘zbek adabiyoti va teatri san’atiga ta’siri, mushtaraklik masalalardan turkiy xalqlarning voqif bo‘lishiga, «Ravshan» dostonini dunyoga yoyilishiga erishilgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida dissertatsiyaning Gyote, Shiller, Hayne ijodiga bag‘ishlangan qismdan, «Germaniyada o‘qigan o‘zbek yigit - qizlari (M. Sultonmurodova, X. Majidxonova S. Jabbor, S. O‘ktoy,) haqida», «Olmoniya taassurotlari» mavzulardan teleko‘rsatuv va radio eshittirishlarda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 4noyabrdagi 04-25-2327-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar rang barangligiga, o‘zbek adabiyotini jahonda yoyilishini kengaytirishga, teleko‘rsatuv va eshittirishlar saviyasini oshirishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi dissertatsiyaning «Navoiy aforizmlari, g‘azal va ruboiylari tarjimasi»ga oid fasllaridan «Navoiy va Bobur asarlarini xorijiy tillarga taglama va badiiy tarjima qilish masalalari»ga bag‘ishlangan konferensiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 1noyabrdagi 01-03-07/1234-son ma’lumotnomasi). Natijada bu izlanishlar jahon turkologlarini o‘zbek mumtoz adabiyoti bilan yanada yaqinroq tanishtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining «Ijod» fondi dissertatsiyaning Navoiyga oid fasllaridan «Navoiy va Bobur asarlarini xorijiy tillarga taglama va badiiy tarjima qilish masalalari» mavzuidagi respublika va xalqaro ilmiy - nazariy va amaliy konferensiyalarni o‘tkazishda, g‘azallarning nemischaga tarjimasini tahrir qilish, nashrga tayyorlashda foydalangan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Ijod» fondining 2019 yil 1 noyabrdagi 123-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjima tahlillari adabiy aloqalar taraqqiyotiga hissa bo‘lish barobarida, o‘zbek adiblari ijodini nemislarga tanishtirishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi «Ichan-Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasida yangi tashkil etilgan Oq machit nemis mennonitlari ekspozisiyasini ochishda «Oq machit nemislari» risolasiga kirgan «Taqdir izlari nomli» beshta serialda ilmiy maqoladan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 6 iyundagi 172-son ma’lumotnomasi). Natijada H.Yantsenning xon saroyida tarjimonligi tufayli tillar yaqinlashishiga, o‘zaro madaniy aloqalar rivojiga erishilgan.