Abdullaev Asilbek Ongdalievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda patogen esherixiya va Salmonella enteritidis-tarqalishi, biologik xususiyatlari (Toshkent shahri misolida)», 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib534. 
Ilmiy rahbar: Isxakova Xalida Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Ilaman Muxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuruzova Zuhra Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda patogen esherixiya va Salmonella enteritidis – tarqalishi, biologik xususiyatlarini aniqlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent shahri misolida o‘tkir ichak infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlardan ajratilgan Escherichia coli O104:N4 ning antibiotikga chidamli serologik variantlari mavjudligi isbotlangan;
o‘tkir ichak infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda Escherichia coli shtammlarining verotoksinlarni ishlab chiqarishi isbotlangan; 
ilk bor antimikrob vositalarga chidamli Escherichia coli izolyatlarida diareegen esherixiyalar EHEC, ETEC, EPEC, EIEC/Shigella spp. asosiy guruhlarida stx1 stx2, ipaH va eae genlarining mavjudligi isbotlangan;
diareegen Escherichia coli va Salmonella enteritidis ning mahalliy patogen serologik variantlari betalaktamaza va karbapenemaza fermentlarini ishlab chiqarishi sababli, antibiotiklarga chidamliligi shakllanishi asoslangan;
ilk bor sefalosporinlar, karbapenemlar kabi antibiotiklarga chidamli diareegen Escherichia coli va Salmonella enteritidis shtammlari, keng spektrdagi beta-laktamaza hamda karbapenemaza fermentlarini ishlab chiqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda patogen esherixiya va Salmonella enteritidis-tarqalishi, biologik xususiyatlarini aniqlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikroorganizmlarning disk-diffuziya usuli bilan mikroblarga qarshi vositalarga sezgirligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Odatiy ozuqaviy ehtiyojga ega bo‘lgan mikroorganizmlarning disk-diffuziya usuli bilan mikroblarga qarshi vositalarga sezgirligini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma O‘II dolzarb bakterial qo‘zg‘atuvchilarining antibiotiklarga sezgirligini aniqlash EUCAST standartlariga muvofiq takomillashtirishga yordam bergan, bu esa disk-diffuz usuli natijalarini klinik talqin qilish va etiologik asoslangan davolashni optimallashtirish imkonini bergan;
bakteriyalarning karbapenem antibiotiklariga chidamliligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Bakteriyalarning karbapenem antibiotiklariga chidamliligini aniqlashning tezkor va sodda usuli»  nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma qisqa vaqt ichida etiotrop davolanishni yaxshilash, karbapenemlarga sezgirlikni tezda aniqlash  va iqtisodiy samaradorlik imkonini bergan;
o‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda patogen esherixiya va Salmonella enteritidis-tarqalishi, biologik  xususiyatlarini o‘rganish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyat SEO va JS boshqarmasi va Qoraqolpog‘iston Respublikasi SEO va JS boshqarmasining bakteriologik laboratoriyalari faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 martdagi 8n-z/61-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kasallikni erta tashxislash va samarali davolash, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish