Rustamov Akmal Suxrobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integration of the car emergency response system in case of accidents and emergency situations (ERA-GLONASS) with an electronic control unit for cars and trucks in Uzbekistan”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.4.PhD/T1476.
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor, Abdurazzoqov Umidulla Abdurazzoqovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ERA-GLONASS tizimi o‘rnatilgan avtomobil` va yuk mashinalarini ularning mexatron tizimlari bilan integratsiya qilish usullarini ishlab chiqish orqali favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobillarning mexatron tizimi bilan ERA-GLONASS tizimini o‘zaro aloqalar arxitekturasiga asoslangan boshqaruv tizimining integratsiya uslubi ishlab chiqilgan;
ekspluatatsion sharoitlarda turli transport vositalari uchun harakat rejimlarida Bayes ehtimoliy nazariyalar teoremasini qo‘llab, kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beruvchi mexatron boshqaruvli tizim modellari yaratilgan;
avtomobilning xavfsizlik va boshqaruv tizimlarini tahlil kiluvchi va boshqaruv organlariga ma’lumotni etkazib beruvchi matematik chiziqli regression model asosida sun’iy intellekt uslubi yaratilgan;
avtotransport vositalarining xavfsizlik darajasini oshirish uchun miqdoriy va rejim-vaqt mezonlarini kamaytirish orqali mexatron tizimida turli vaziyatlarda ma’lumotlarni integratsiyalovchi maqbul qiymatlarni aniqlash ketma-ketligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda ERO-GLONASS tizimi o‘rnatilgan avtomobil` va yuk mashinalarini ularning mexatron tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tashqi informatsion xurujlar bo‘lganda dvigatel` elektron boshqaruvi modulining holatini ERA-GLONASS tizimi orqali masofadan diagnostika qilish va uning xavfsizligini ta’minlash uslubi “O‘zavtosanoat” AJ miqyosida joriy qilingan («O‘zavtosanoat » aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 8 yanvardagi 07/05-25-0027-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida avtomobil` mexatron tizimiga ERA-GLONASS aloqalar arxitekturasiga asoslangan boshqaruv tizimini integratsiya qilindi, avtomobil` mexatron qurilmalari ishonchliligi oshirildi va mexatron tizimlarni ulash signal yo‘qotilishlarini 20 % gacha, EBB ga ulash esa 10 %gacha kamaytirildi va tashqi informatsion xurujlar bo‘lganda avtomobil` va yuk mashinalarini xavfsizligini baholash imkoniyati yaratilgan;
turli avtomobil` toifalari uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va turli xarakat rejimlarida mexatronik boshqaruv tizimining eng maqbul algoritmi “O‘zavtosanoat” AJ miqyosida joriy qilingan («O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 8 yanvardagi 07/05-25-0027-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida avtomobil` xafsizligi va energiya resurs tejamkorligini oshirdi, ekologik talablarga muvofiqligini ta’minladi hamda tadqiqotni ishlab chiqarishga tatbiq etish natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil` eksportini oshirish imkoni yaratilgan.
avtomobil` xavfsizlik, boshqaruv va himoya tizimining ma’lumotlari tahlili hamda boshqaruvchi organlarga ma’lumotni etkazib berishning samarali uslubi (Machine Learning) “O‘zavtosanoat” AJ miqyosida joriy qilingan («O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 8 yanvardagi 07/05-25-0027-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida yo‘l transport hodisalari darajasining pasayishi hamda yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligioshishiga sabab bo‘ladi, avtomobil` mexatron tizimiga ERA-GLONASS aloqalar arxitekturasiga asoslangan boshqaruv tizimini integratsiya qilish avtomobil` mexatron qurilmalari ishonchliligini 30% gacha oshiradi va har yili 4mingdan ortiq kishilar xavfsizligini ta’minlaydi.