Umurzakova Mo‘’tabarxon Nodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilishda tibbiy sug‘urtani rivojlantirish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt559.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Davronov Shuxrat Zuxurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Moliya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilishda tibbiy sug‘urtani joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
majburiy tibbiy sug‘urta dasturlariga moliyaviy mablag‘larni jamlovchi va taqsimlovchi “Majburiy tibbiy sug‘urta” jamg‘armasini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
majburiy tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha raqobat muhitini rivojlantirish, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatishda xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni hisobga olish va daliliy bazani tashkil etishda sog‘liqni saqlash hisobvaraqlari milliy tizimini yaratish taklif etilgan;
majburiy tibbiy sug‘urtalashning moliyalashtirish manbalariga alkogol` va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘ini kiritish hamda amaliyotga joriy etishning qisqa va o‘rta muddatli bosqichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilishda tibbiy sug‘urtani rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
majburiy tibbiy sug‘urta dasturlari bo‘yicha moliyaviy mablag‘larni jamlovchi va taqsimlovchi “Majburiy tibbiy sug‘urta” jamg‘armasini tashkil etish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5590-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 04/04-06-02-32/26-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tibbiy sug‘urtaga mas’ul bo‘lgan yagona davlat organining tashkil etilishiga erishiladi, tibbiy sug‘urta mablag‘laridan maqsadli, manzilli va samarali foydalanish hamda respublika fuqarolarini majburiy tibbiy sug‘urta bilan to‘liq qamrab olinishi bosqichma-bosqich ta’minlangan;
majburiy tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha raqobat muhitini rivojlantirish, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatishda xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish to‘g‘risidagi taklifi «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi maqsadli ijtimoiy davlat dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 04/04-06-02-32/26-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi 2025 yilda xususiy sog‘liqni saqlash tizimi, davlat-xususiy sheriklikni rivojlanishi va majburiy tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha tibbiy yordamlar ko‘rsatishda xususiy tibbiy tashkilotlarning ishtirokini 30 foizga kuchaytirishga olib kelgan;
sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni hisobga olish va daliliy bazani tashkil etishda sog‘liqni saqlash hisobvaraqlari milliy tizimini yaratish haqidagi taklifi «2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 04/04-06-02-32/26-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy mamlakatimizda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish imkonini bergan;
majburiy tibbiy sug‘urtalashning moliyalashtirish manbalariga alkogol` va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘ini kiritish hamda amaliyotga joriy etish takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi maqsadli ijtimoiy davlat dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 20-02-1/14-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy etish natijasida majburiy tibbiy sug‘urtaga oid qonunchiliqni shakllantirish, tibbiy sug‘urta muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlar uchun ilmiy manba yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish