Xudoyorov Laziz Niyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Qarshi shahri misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va ctatictika (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt705.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Toshkent davlat iqtisodiyot univercitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Ayubjonov Abbos Hosilovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qarshi shahrida KBXT faoliyatini modellashtirish asosida ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KBXT taraqqiyotini ta’minlashda unga ta’sir qiluvchi band bo‘lganlar,  investisiya muhiti kabi omillarning panel ma’lumotlari va regressiyasiga ko‘ra  chiziqli ekonometrik modeli ishlab chiqilgan; 
Qarshi shahridagi KBXT sub’ektlari faoliyatining rivojlanish  samaradorligini faollik va yashovchanlik o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda kichik biznes sub’ektlarining rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
KBXT sub’ektlari taraqqiyoti bilan bog‘liq risklarni muayyan shariotilarda yashab qolish tavakkalchiligi va yopilib ketish sabablarini aniqlashda tadbirkorlikka moyillik darajasi koeffisientini topish usullari takomillashtirilgan;
Qarshi shahridagi KBXT sub’ektlari taraqqiyotini ifodalovchi muhim indikatorlarning o‘rta muddatli 2021-2025 yillar uchun ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qarshi shahridagi KBXTning rivojlanishini ekonometrik modellashtirish yuzacidan olingan ilmiy natijalar acocida:
KBXT taraqqiyotini ta’minlashda iqtisodiyot tarmoqlari kesimida kichik biznes ulushi va nisbatlarining ta’siri ekonometrik modellar  asosida baholashni ekonometrik modellashtirishning uslubiy jihatlari KBXT sub’ektlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2021 yil 2 fevraldagi 11/02-16-1100-son ma’lumotnomasi). Natijada KBXT faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli prognozlar ishlab chiqish, hududlarda KBXT muhitining shakllanishini, hududiy-iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik darajasiga ta’sirini ekonometrik modellar yordamida  baholash imkoniyatini bergan; 
Qarshi shahridagi KBXT sub’ektlari faoliyatining rivojlanganlik darajasi, tadbirkorlik salohiyati hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari (faollik va yashovchanlik koeffisienti, mehnat resurslarining tadbirkorlikka moyillik darajasi) statistik tahlil usulari asosida baholash bo‘yicha taklifi Qarshi shahridagi KBXT sub’ektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2021 yil 2 fevraldagi 11/02-16-1100-son ma’lumotnomasi). Natijada Qarshi shahridagi KBXT faoliyatining rivojlanishini monitoring qilish, statistik tahlil qilish hamda investisiya muhiti va tadbirkorlik salohiyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash imkoniyatini bergan; 
KBXT sub’ektlari taraqqiyoti bilan bog‘liq risklarni muayyan sharoitlarda yashab qolish tavakkalchiligi va yopilib ketish sabablarini taqsimot qonunlari asosida aniqlash yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi Qarshi shahridagi KBXT sub’ektlari faoliyatiga  joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2021 yil 2 fevraldagi 11/02-16-1100-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda joriy qilinishi natijasida kelgusi ilmiy tadqiqot ishlarda KBXTning rivojlanish dinamikasi va tendensiyalarini baholashda statistik ko‘rsatkichlar tizimini va ularning ekonometrik modellarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Qarshi shahridagi KBXT sub’ektlari taraqqiyotini ifodalovchi muhim indikatorlarning o‘rta muddatli (2021-2025 yy.) prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2021 yil 2 fevraldagi 11/02-16-1100-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qarshi shahrida KBXTning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olib, hududlardagi KBXTning ishlab chiqarish hajmi 2025 yilga borib 2019 yilga nisbatan 1,99 barobarga oshishi prognoz qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish