Axmedova Aziza Tayirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endometrioz bilan og‘rigan ayollarda perimenopauza davri xususiyatlari», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Tib1319.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01
Rasmiy opponentlar: Askerov Arsen Askerovich (Qirg‘iziston) tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudoyarova Dildora Raximovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi perimenopauza davrida endometrioz bilan kasallangan ayollarda kasallikning klinik kechishi, gormonal holati va hayot sifatini baholash hamda davolash usullarini takomillashtirish buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor perimenopauzal davrda endometrioz bilan kasallangan ayollarda klinika va gormonal: estrogen va progestogen ko‘rsatkichlarning chanoqdagi surunkali og‘riq xavfi ortishi bilan o‘zaro proporsional  bog‘liqligi baholangan;
ilk bor perimenopauzal davrda endometrioz kuzatilgan ayollarda ijtimoiy faolligi va hayot sifatining yomonloshuvi, depressivlikning ortishi, jinsiy xulq-atvorning o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan; 
ilk bor endometrioz bilan kasallangan ayollarda menopauzal gormonal terapiya, ya’ni estrogen va progestogen siklik tartibda kullanilishini  perimenopauza jarayoniga ayollar gormonal foni yaxshilanish natijasida samarali ta’sir qilishi isbotlangan;
endometrioz bilan kasallangan ayollarda klimakterik kasalliklarning oldini olishda tabbiy estrogen va progestogen ta’sirga ega bulgan fitopreparatlar va muqobil terapiya  patogenetik davolash modeli ishlab chiqilgan hamda laborator tekshiruvlar  asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endometrioz bilan og‘rigan ayollarda perimenopauza davri xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kasallikning xavf omillarini baholash,  induvidual tanlangan davo usullarini qo‘llash, menopauzal gormonal terapiya va fitopreparatlarning perimenopauza jarayoniga samarali ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan «Endometrioz: perimenopauza davrida ayollarni olib borish taktikasi va davolash xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 fevraldagi 8n-d/53-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma perimenopauza davrida ayollarni olib borish taktikasi va davolash xususiyatlarini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
perimenopauza davrida endometrioz bilan og‘rigan ayollarning salomatlik va psixoemotsional holatini baholash, surunkali kasalliklar negizida kasallik kuchayishining oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan «Endometrioz: tashxislash, davolash va reabilitatsiya» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 fevraldagi 8n-d/53-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma perimenopauza davrida ayollarda endometrioz kasalligini erta tashxislash va samarali davolash, kasallikni reabilitatsiya qilish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
endometrioz bilan og‘rigan ayollarda perimenopauza davri xususiyatlarini baholashga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika reproduktiv salomatlik markazining Samarqand filiali va Samarqand shahri 1-son tug‘ruq majmuasining kilinik amaliyotiga jory etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 8n-z/76-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar endometrioz bilan og‘rigan ayollarda perimenopauza davridagi o‘zgarishlarni baholash, operatsiya qilingan ayollarda standart menopauzal gormonal terapiya va fitopreparatlardan foydalanish, psixoemotsional xolatini tiklashda atipik neyroleptik bilan davolash tartibini muqobillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish