Po‘latov Ulug‘bek Sunatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda anemiyaning kechishi va davolash samaradorligiga gaptoblobin fenotiplarining ta’siri», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1072.
Ilmiy raxbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ahmedov Xolmurod Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi revmatoid artritda anemiya strukturasi, uning yuzaga kelish sabablari, prognostik ahamiyati va gaptoglobin fenotiplarini e’tiborga olgan holda mutanosib davolash tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
revmatoid artritda temir almashinuvi ko‘rsatkichlari erkin temir, transferrin miqdorining kamayishi va ferritin miqdorining ortishi kasallik faolligi darajasiga bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
temir tanqisligi va surunkali kasalliklar anemiyalarining qo‘shilib kelishi bemorlarda gematologik indeksning chuqurroq o‘zgarishlari, bo‘g‘imlarning yallig‘lanish jarayoni va kasallik davomiyligining anemiyani og‘irlik darajasi bilan korrelyasiyasi asoslangan;
RA va anemiya mavjud bemorlarda Nr 2-2 fenotipi mavjudligi kasallik faol kechishi va og‘ir darajada anemiya keltirib chiqarish ehtimolini oshirishi asoslangan;
revmatoid artrit bilan og‘rigan anemiyasi mavjud bemorlarda Nr 2-2 fenotipini xisobga olgan holda yallig‘lanishga qarshi davo samaradorligi va xavfsizligi baholanib, kasallikning belgilari kamayishiga olib kelishi aniqlangan;
RA bemorlarda anemiyaning turli variantlarini erta tashxislash temir tanqislik anemiyasining erta belgisi ferritin va transferrin darajasi, surunkali kasalliklar anemiyasida esa CRO va gemoglobin ko‘rsatgichi o‘zgarishlari bilan bemorlarda yuqori assotsiatsiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda anemiyaning kechishi va davolash samaradorligiga gaptoglobin fenotiplarining ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasallikning xavf omillarini komorbid holatlarini vaqtida aniqlash, RA va anemiya birga kechganda kasallik kechishi, hamda bo‘g‘imning funsional holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artrit va anemiyani gaptoglobin polimorfizmiga bog‘liq holda erta tashxislash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/327-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi revmatoid artrit va anemiyani gaptoglobin polimorfizmiga qarab erta tashxislash, nogironlikni kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish bilan birgalikda kasallikning asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
revmatoid artrit va anemiyani gaptoglobin polimorfizmiga qarab erta davolashda organizmning o‘tkir faza oqsillari va ferrokenitik ko‘rsatgichlariga asoslangan holda takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax va Samarqand shahar tibbiyot birlashmalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-d/266-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.