Muminov Shovkat Kadirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurakning ishemik kasalligi sharoitida kardiorenal kontinuum (patogenetik va terapevtik aspektlar)» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib536.
Ilmiy maslahatchi: Alyavi Baxrom Anisxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’ruf Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori; Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti oliy ta’lim federal davlat byudjet ta’lim muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard revaskulyarizatsiyasini boshdan kechirgan YuIK bo‘lgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi (SBK) shakllanishi va zo‘rayib borishini xavfini o‘rganish hamda kardiorenal sindromning rivojlanib borishida turli terapevtik sxemalar samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora YuIK bilan og‘rigan bemorlarda koronar revaskulyarizatsiyadan keyin buyrak faoliyati ko‘rsatkichi, ya’ni qonda kreatinin va u asosida xisoblangan koptokchalar fil`tratsiya tezligining (KFT) pasayishi hamda buyrak segmentar arteriyalarining rezistivlik indeksini (RI) ortishi bilan namoyon bo‘lgan SBK shakllanishi asoslangan;
ilk bora SBK IV bosqichga qadar shakllanib borishi hamda zo‘rayishning xavf omillari va ularni prediktorlik ahamiyati aniqlangan, ulardan, kontrast-indusirlangan nefropatiya (KIN) xolati, natriy uretik peptid (NUP) miqdori sferiklik indeksi va chap qorincha miokard faoliyatining integral indeksining (Tei) yuqoriligi, chap qorincha zarb hajmi (ChQZH) pastligi hamda uchinchi tur chap qorincha diastolik disfunksiyasi (ChQDD) kabi ko‘rsatkichlarni axamiyatliligi isbotlangan;
YuIK bilan og‘rigan bemorlar terapiyasi sxemasiga sakubitrilning kiritilishi, standart terapiya bilan taqqoslanganda, hKFT tezligining pasayishini sekinlashlashtirishi va buyrak segmentar arteriyalari RI ko‘rsatkichini kamayishiga ko‘maklashishi xamda SBKning IV-V bosqichlari rivojlanish xavf omillari ta’sirini susaytirish imkonini berishi asoslangan;
valsartan va sakubitril kombinatsiyasining qo‘llanilishi standart terapiya bilan taqqoslanganda, SBK rivojlanishining xavfi yuqori darajali bo‘lgan bemorlarda miokardning struktur-funksional holatiga ishonchli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
revaskulyarizatsiya o‘tkazilgan YuIK bo‘lgan bemorlarda miokardning remodellanishi va SBK shakllanishi o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqa mavjudligi isbotlangan;
ilk bora YuIK bilan og‘rigan bemorlarda 2 yillik o‘lim prediktorlari bo‘lib dastlab (revaskulyarizatsiyaga qadar) ChQZH pastligi, KIN xolati, qonda NUPning yuqori konsentratsiyasi, hKFTning dastlab past bo‘lishi va tez zo‘rayib boruvchi SBK rivojlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revaskulyarizatsiya o‘tkazilgan YuIK bo‘lgan bemorlarda kardiorenal sindromning kuchayishida turli terapevtik sxemalar samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
YuIK bilan og‘rigan bemorlarda SBK zo‘rayishining oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi shakllanishi va zo‘rayishining oldini olishga yo‘naltirilgan terapiya sxemasini muqobillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 martdagi 8n-r/270-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kardiorenal sindromning ikkinchi turi bilan og‘rigan bemorlarda zo‘rayish tezligini ishonchli kamaytirish imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bor bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni olib borish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali buyrak kasalligi bor bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 martdagi 8n-r/254-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma YuIK bo‘lgan bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasidan keyin SBK rivojlanishi va zo‘rayishi xavf omillarini aniqlash hamda o‘z vaqtida korreksiyalashni amalga oshirish imkonini bergan;
miokard revaskulyarizatsiyasini o‘tkazilgan YuIK bo‘lgan bemorlarda SBK paydo bo‘lishi va zo‘rayishi xavfi hamda kardiorenal sindromning kuchayishida turli terapevtik sxemalar samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining nefrologiya bo‘limiga, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 maydagi 8n-z/163-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi YuIK bilan og‘rigan bemorlarda SBK rivojlanish va zo‘rayish xavfini aniqlash imkonini bergan. Ishlab chiqilgan davolash sxemasining qo‘llanilishi YuIK bilan og‘rigan bemorlarda SBKning IV–V bosqichlari rivojlanish xavfini 20% dan 11,88% gacha kamaytirish (160 nafardan 19 nafar xi kvadrat=3,97; p<0,05) hamda kardiorenal sindromli bemorlarda kasallik bashoratini yaxshilash imkonini bergan.