Baymuradov Ravshan Radjabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Morfofunksional`nie osobennosti semennikov v norme i pri vozdeystvii biostimulyatora na fone luchevoy bolezni», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib829.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Vinnisa milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi urug‘donlarning morfofunksional xususiyatlari va nur kasalligida biostimulyator ta’siridagi o‘zgarishlarini yoshga bog‘liq holda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: surunkali nur kasalligi ta’sirida burama urug‘ naychalarining diametri va ko‘ndalang kesimining kichrayishi, urug‘donlar anatomik ko‘rsatkichlarining postnatal ontogenezda orqada qolishi isbotlangan; surunkali nur kasalligiga chalingan oq zotsiz kalamushlar jinsiy rivojlanishdan orqada qolishi, spermatogen qator hujayralar sonining o‘zgarishi va burama urug‘ naychalarining bo‘shlig‘i ochilishi kechikishi isbotlangan; nurlantirilgan oq zotsiz kalamushlarda reproduktiv tizimda chuqur o‘zgarishlar yuzaga kelishi, arteriola va venulalar o‘lchamlarining kichrayishi, ular sonining kamayishi isbotlangan; 180 kunlik davrda urug‘donlarning morfometrik ko‘rsatkichlarining 360 kunlik davrga nisbatan yaqqol orqada qolishi, organizm himoya mexanizmlarining tiklanishini ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali nur kasalligi va ASD-2f biostimulyatori ta’siridagi urug‘donlar morfofunksional ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali nur kasalligi fonida biostimulyator ta’sirida urug‘donlar tuzilish o‘zgarishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali nur kasalligi fonida biostimulyator ta’sirida urug‘donlar tuzilish o‘zgarishlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 8n-d/206-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali nurlanish vaqtida va ASD-2f biostimulyatori ta’sirida urug‘donlarda kuzatiladigan struktur o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bergan;
surunkali nur kasalligida va me’yorda urug‘donlar morfologik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali nur kasalligida va me’yorda urug‘donlar morfologik ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 8n-d/206-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali nurlanish ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldini olish va o‘z vaqtida davolash algoritmini tuzish imkonini bergan;
surunkali nur kasalligi va ASD-2f biostimulyatori ta’siridagi urug‘donlarning morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8 n-z/195-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ish natijalarining amaliyotga joriy qilinishi kasallikning erta tashxislanishi, uning rivojlanish darajasi, asoratlar kamayishi, bemorlar hayot sifatining yaxshilanishiga imkon bergan.