Raximov Oybek Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xolesistektomiyadan keyingi o‘t qopi o‘rnidan qon ketishini gemostatik implantat-kollagenli gemogubkadan foydalanib profilaktika qilish», 14.00.27-Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Tib1577.
Ilmiy rahbar:  Tursumetov Abdusattor Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaybergenov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, Yetakchi tashkilot: N.V. Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy tekshirish instituti (Moskva).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xolesistit bilan xastalangan bemorlarning davolashda xolesistektomiyadan keyin natriy-karboksimetil-sellyuloza asosli yangi mahalliy gemostatik implant gemogubkani klinik qo‘llash yordamida natijalarni yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektrokoagulyasiyadan foydalanilganda qisqa vaqt ichida uning maksimal energiya qiymatlariga erishishi sababli, elektrod qo‘yilgan nuqtasida sezilarli xajmdagi nekroz va distansion kuyish o‘choqlarini keltirib chiqarish xususiyati ochib berilgan; 
elektrokoagulyasiyadan foydalanilganda operatsiyadan keyingi dastlabki davrda termik shikastlanish natijasida qon tarkibidagi alaninaminotransferaza va aspartataminotransferaza fermentlari faolligining, giperbilirubinemiya va gipertermiya holatining ortishi, gepatotsitlarning fiziologik holatidagi o‘zgarishlarni yuzaga kelishi isbotlangan;
an’anaviy va laparoskopik xolesistektomiyalardan keyin o‘t qopi o‘rnidan qon ketishida gemostaz va residiv qon ketishi profilaktikasi uchun yangi mahalliy dori vositasi «Gemogubka» qo‘llanilgan va yuqori gemostatik samara bilan birga o‘t qopi o‘rniga yuqori adgezivligi natijasida qonning to‘xtatish xususiyati isbotlangan;
«Gemogubka» gemostatik dori vositasi xorijiy analogiga nisbatan jigar to‘qimasiga yuqori darajada yopishqoqligi va samaraliroq gemostatik xususiyatlariga ega ekanligi isbotlangan va gemostazning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xolesistektomiyadan keyingi o‘t qopi o‘rnidan qon ketishini gemostatik implantat–kollagenli gemogubkadan foydalanib, profilaktika qilish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xolesistektomiyadan keyingi o‘t qopi o‘rnidan qon ketishini gemostatik implantat–kollagenli gemogubkadan foydalanish orqali profilaktik samaradorligini oshirish imkoniyatlarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida «Xolesistektomiyadan keyingi o‘t qopi o‘rnidan qon ketishini gemostatik implantat–kollagenli gemogubkadan foydalanib, profilaktika qilish imkoniyatlarini takomillashtirish usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 8n–r/18–son ma’lumotnomasi). Natijada xolesistektomiyadan keyingi o‘t qopi o‘rnidan qon ketishini gemostatik implantat–kollagenli gemogubkadan foydalanish orqali profilaktik samaradorligini oshirish orqali qon ketishini to‘xtatish orqali  bemorlar  hayot sifati darajasini  oshirish va salomatlik holatini tiklash imkonini bergan;
laproskopik xolesistektomiyadan keyingi o‘t qopi o‘rnidan qon ketishini to‘xtatish orqali  bemorlarni davolash samardorligini oshirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida «Laparoskopik xolesistektomiyada yangi gemostatik kollagenli gemogubka qo‘llanilishi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 07 iyundagi 8n–r/436–son ma’lumotnomasi). Natijada xolesistektomiyadan keyingi o‘t qopi o‘rnidan qon ketishini gemostatik implantat–kollagenli gemogubkadan foydalanish orqali profilaktik samaradorligini oshirish orqali qon ketishini to‘xtatish orqali, jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlarni 1,5 martaga, o‘rin/kunlar davomiyliligini 2 barobarga kamaytirish orqali  bemorlar  hayot sifati darajasini  oshirish va salomatlik holatini tiklash imkonini bergan;
xolesistektomiyadan keyingi o‘t qopi o‘rnidan qon ketishini gemostatik implantat–kollagenli gemogubkadan foydalanib, profilaktika qilish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, I.Ergashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali hamda «HAPPY LIFE» xususiy shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08–09/5794-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir va surunkali xolesistit bilan xastlangan bemorlar xirurgik davolashining bevosita natijalari yaxshilanishiga, bemorlarning shifoxonada bo‘lish o‘rtacha davomiyligi qisqarishiga va bemorlarning erta ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish