Akramov Akmal Ulmasovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin iqtisodiy zonalarning shakllantirish mexanizmlari va istiqbollari O‘zbekiston innovatsion rivojlanishining omili sifatida”, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt 250.
Ilmiy rahbar: Saidova Galina Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Dildora Mirsabitovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Valiev Bobur Botirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy tadqiqot markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda EIZning rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq va bojxona imtiyozlarini barcha erkin iqtisodiy zonalar uchun unifikatsiyalash, mavjud tabiiy va iqtisodiy salohiyat asosida ixtisoslashuvini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish, investisiya loyihalarini tanlab olishda hududlarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi va logistika tizimini mavjudligi va qulayligidan kelib chiqqan holda joylashtirish asoslangan; 
innovatsion eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘sishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar ko‘lami, doimiy ish o‘rinlarini tashkil qilinganligini hisobga olgan holda, ularni yagona tizimga bog‘lash asosida erkin iqtisodiy zonalarni samaradorligini baholash uslubi takomillashtirilgan;  
erkin iqtisodiy zonalarni iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissalarini oshirish maqsadida qulay bozor, investisiya va makroiqtisodiy iqlimni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi zonalarni rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish amaliyoti asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamalakatda erkin iqtisodiy zonalarni shakllantirish, ularning faoliyat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
ishlab chiqilgan o‘rta muddatli davrda O‘zbekiston Respublikasida EIZ rivojlanishining konseptual yo‘nalishlari va innovatsion mexanizmlari Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan  2030 yilgacha bo‘lgan davrda EIZ rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 18 iyuldagi 05/17-03-14/1-son va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 13 noyabrdagi 3-2/20-20-1863-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi 2019 yilda EIZ investisiyalarining umumiy qiymati 491,8 million AQSh dollari bo‘lgan investisiya loyihalarini amalga oshirishga xizmat qilgan;
EIZ rivojlanish darajasi va faoliyati samaradorligini baholash uslubiyotidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 8-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 18 iyuldagi 05/17-03-14/1-son ma’lumotnomasi). Natijada EIZ faoliyati samaradorligini baholash tartibi va mezonlari, shuningdek, mamlakat hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash tartibi joriy etilgan;
EIZ faoliyatini boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirish, har bir EIZning tarmoq ixtisoslashuvini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu zonalar hududida joylashtirish uchun investisiya loyihalarini tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 yanvardagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 29-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi AD-4-8/10-501-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar amaliyotda EIZga xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investisiya loyihalarini tanlab olishning yangi tizimini joriy etish imkonini bergan;
barcha erkin iqtisodiy zonalar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini umumlashtirish, interaktiv onlayn xizmatlarni joriy etish, chet el investisiyalarini jalb qilish maqsadida yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4853-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 418-son qaror loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligining 2017 yil 10 maydagi ISh-4-1/10-10-340-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2017 yil 16 maydagi 08-16/347-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarni joriy etilishi soliq, bojxona va boshqa imtiyozlardan samarali foydalanish hisobiga xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb qilish hamda yangi innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun qulay sharoit yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish