Qilichev Abror Barotovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amir Temur davlatida ijtimoiy-siyosiy institutlarning ishlash mexanizmlari» (siyosiy tahlil), 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.03/30.12.2019.S.01.08.
Ilmiy rahbar: Otamurotov Sa’dulla Otamurotovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi,  DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor, Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi Amir Temur davlat boshqaruvi  tizimida ijtimoiy-siyosiy institutlarning ishlash mexanizmlarini tahlil etish, bu boradagi tajribalarni umumlashtirish, tizimlashtirish va hozirgi amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temur davlati boshqaruv tizimiga oid tajribalarni o‘rganish asosida ijtimoiy-siyosiy institutlarning ishlash mexanizmlari tahlil etilgan;
Amir Temurning davlat siyosatida boshqaruv institutlari tizimining samarali ishlash mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari aniqlangan hamda mazkur davlatda boshqaruv tizimidagi institutlarning o‘zaro muvozanatda namoyon bo‘lish jarayoni ilmiy asoslangan; 
Amir Temurning davlat va jamiyat siyosiy yaxlitligini ta’minlash uchun boshqaruvni qurultoy, kengash kabi ijtimoiy-siyosiy institutlar vositasida amalga oshirgani aniqlangan;
Amir Temur davlatidagi qurultoy va kengashlarning ijtimoiy-siyosiy va jamoatchilik qadriyatlari sifatidagi mohiyati ochib berilgan hamda undan zamonaviy O‘zbekistonda demokratik va fuqarolik jamiyati asoslarini takomillashtirishda foydalanish imkoniyatlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Amir Temur davlatida ijtimoiy-siyosiy institutlarning ishlash mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amir Temur davlati boshqaruv tizimiga oid tajribalarni o‘rganish asosida ijtimoiy-siyosiy institutlarning ishlash mexanizmlari tahlil etilganiga oid ilmiy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan berilgan 2020 yil 28 oktyabrdagi 02/07-915-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-marifiy targ‘ibot jarayonlarida komillik mezonlarini takomillashtirishda, ilmiy asoslangan chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Amir Temurning davlat siyosatida boshqaruv institutlari tizimining samarali ishlash mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari aniqlangan hamda mazkur davlatda boshqaruv tizimidagi institutlarning o‘zaro muvozanatda namoyon bo‘lish jarayoniga oid taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi «Ma’naviyat targ‘ibotchisi» nodavlat ta’lim muassasasi faoliyatida keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi «Ma’naviyat targ‘ibotchisi» nodavlat ta’lim muassasasining 2020 yil 19 iyundagi 06/03-son ma’lumotnomasi). Natijada, muassasaning darsliklari, chora-tadbirlar dasturining ilmiy-tarixiy jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
Amir Temurning davlat va jamiyat siyosiy yaxlitligini ta’minlash uchun boshqaruvni qurultoy, kengash kabi ijtimoiy-siyosiy institutlar vositasida amalga oshirganiga oid tavsiyalaridan  Amir Temur xayriya jamoat fondi tomonidan tayyorlangan «Sohibqiron Amir Temur» nomli qomusida foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondining 2020 yil 8 oktyabrdagi 08-09- son ma’lumotnomasi).  Natijada, tadqiqotning «Amir Temur davlati boshqaruv tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari», «Amir Temur davlat boshqaruv tizimidagi ijtimoiy-siyosiy tadbirlar va ularning ishlash mexanizmi», «Amir Temur davlat boshqaruvi tajribasining zamonaviy siyosiy qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni» kabi boblari yangi ilmiy manbalar bilan boyitilgan;
Amir Temur davlatidagi qurultoy va kengashlarning ijtimoiy-siyosiy va jamoatchilik qadriyatlari sifatidagi mohiyati ochib berilgan hamda undan zamonaviy O‘zbekistonda demokratik va fuqarolik jamiyati asoslarini takomillashtirishiga oid taklif va tavsiyalaridan Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan. (Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondining 2020 yil 01-51-25/09-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, fond tomonidan nashr etilgan «Buyuk yo‘l», «Amir Temur» va «Ikki to‘lqin» kabi kitoblari boshqaruvga oid ilmiy manbalar bilan to‘ldirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish