Panjiev Arziqul Xollievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo asosida kal`siy sianamid olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1399.
Ilmiy rahbar: Toirov Zokir Qalandarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Djamansay konining tabiiy ohaktoshini kuydirish natijasida olingan ohak, karbonat angidrid va sanoat ammiagidan karbidsiz usulda kal`siy sianamid olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kal`siy sianamid sintezi jarayonida ammiak parchalanishining boshlang‘ich harorati 456-458 Kda bo‘lishi aniqlangan;
kal`siy sianamid olishda haroratning oshishi bilan reaktordan chiqindi gazlar tarkibidagi ammiak va karbonat angidrid miqdori kamayishi aniqlangan;
Jamansay koni ohaktoshini kuydirish natijasida olingan ohak, karbonat angidrid va sanoat ammiagidan kal`siy sianamid olishning maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
ohak, karbonat angidrid va sanoat ammiakidan kal`siy sianamidni olishning karbidsiz texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jamansay konining tabiiy oxaktoshidan olingan ohak, karbonat angidrid va sanoat ammiagidan kal`siy sianamid olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karbidsiz usulda kal`siy sianamid olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ qo‘shma korxonasida kal`siy sianamid olishda joriy qilingan (“Elektrokimyozavod” AJ qo‘shma korxonasining 2021 yil 5 yanvardagi 02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan kal`siy sianamid olish texnologiyasi asosida sekin eriydigan kal`siyli va ishqorli o‘g‘it – kal`siy sianamid ishlab chiqarish imkonini bergan;
Jamansay konining tabiiy oxaktoshidan olingan ohak, karbonat angidrid va sanoat ammiagi asosida kal`siy sianamid olish usuli “Elektrokimyozavod” AJ qo‘shma korxonasida yuqori samarali azotli o‘g‘it olishda joriy qilingan (“Elektrokimyozavod” AJ qo‘shma korxonasining 2021 yil 5 yanvardagi 02-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlangan tuproqlarda va cheklangan suv resurslarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish uchun samarali mineral o‘g‘it va 48-72 soat ichida parchalanadigan, yumshoq ta’sir etadigan defoliant olish imkonini bergan.