Soatov Nizomiiddin Turdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dukant va Kattasoy oralig‘idagi oksidlanish zonasining geologik tuzilishi va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari (Chotqol tog‘ining janubi-g‘arbiy tarmog‘i)», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/GM35.
Ilmiy rahbar: Koldaev Aleksandr Aleksandrovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Po‘latjon Salimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Abdumominov Shuxrat Azatbekovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oksidlanish zonasining rivojlanish vaqti oralig‘i, geologik tuzilishi, morfologik va mineralogik-geokimyoviyxususiyatlarini hamda oltin va polimetall ma’danlashuvi belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Chapcha-Keskin, Dukent-1 va Kattasoy - 1, 2 uchastkalarida oksidlanish zonasining chiziqli-maydonli, chiziqli morfologik turlari ajratilgan;
nurash pusti va oksidlanish zonasining rivojlanishiga imkoniyat yaratadigan geologik omillar aniqlangan;
lateral va vertikal zonallik bilan oksidlanish zonalarini hosil qilish uchun tub yagona ma’dan-magmatik tizim metasomatik va gidrotermal jarayonlarda o‘zgargan jinslar shakllanishlari aniqlangan;
oltin, kumush, molibden-polimetall, mis, vismut, qalay, litiy, seriy -elementlarining paragenetik assotsiatsiyalari oltin-kumush va qalay-kumush-polimetall konlarida bashorat qilish va qidirish mezonlari sifatida oltin ma’danlashuvi ehtimoli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dukant va Kattasoy hududlarining oksidlanish zonalarini mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oltin-uran metallogeniyasi uchun yuqori paleozoy jinslari bo‘yicha natijalar «Toshkentgeologiya» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 30 dekabrdagi 04-4807-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kattasoy-1 uchastkasining qalay-kumush-polimetall va ehtimol oltin, kumush ma’danlashuvi bo‘yicha istiqbolliligini aniqlash imkonini bergan;
Kattasoy-2 uchastkasida oksidlanish zonalarining geologik tuzilishi va rivojlanishining sxemasi «Toshkentgeologiya» AJda amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 30 dekabrdagi 04-4807-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltin-kumush ma’danlashuvining yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bashorat qilish imkonini bergan;
Chapcha-Keskin maydonidagi oksidlanish zonalarining geologik tuzilishi va rivojlanish sxemasi «Toshkentgeologiya» AJning geologik faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 30 dekabrdagi 04-4807-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltin-kumush ma’danlashuvining istiqbolli yo‘nalishlarini hamda Dukant va Kattasoy havzasida Cu, Zn, Pb, Ba, Mn, Ni, Zn, As, So, Sb, Ag, Au o‘z ichiga olgan temir oksidlarini bashorat qilish va aniqlash imkonini bergan.