Rabbimkulov Samariddin Asatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona orogen botiqligida uglevodorod uyumlari fazoviy joylashuvining geologik-strukturaviy va geofizik mezonlari», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/GM65.
Ilmiy rahbar Umurzakov Raximjan Abdurazakovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Shoymuratov To‘ychi Xaliqulovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgeofizika” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona botiqligida uglevodorod uyumlari taqsimlanishining geologik-strukturaviy va geofizik omillar bilan bog‘liqligini miqdoriy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy kosmik tasvirlar va zamonaviy raqamli texnologiyalardan neftgazlilikda foydalanish imkoniyatlari asoslangan va ilk bor Farg‘ona botiqligi tektonikasi bilan neftgazliligi o‘rtasidagi bog‘liqlik miqdoriy aniqlangan;
ilk bor Farg‘ona botiqligi uchun neotektonik harakatlar tezligi gradientining maydon bo‘ylab o‘zgarish xususiyatlari aniqlangan;
neotektonik harakatlar amplitudasi, harakatlar kontrastliligi va gravitatsion maydon anomaliyalari ko‘rsatkichlari botiqlikning neftgazliligini nazorat qiluvchi asosiy mezonlar sifatida ishlab chiqilgan;
Farg‘ona botiqligida tektonik elementlarning turi, neotektonik hamda gravitatsion ko‘rsatkichlarining neft`, neft`-gaz va gaz konlarining joylashuviga va “effektiv hajmlari”ga ta’sir kuchi barcha omillarning birgalikdagi ta’sirining 39÷76 % ni tashkil etishi va konlarning turiga qarab alohida qidiruv ishlarini olib borish lozimligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona orogen botiqligida uglevodorod uyumlari fazoviy joylashuvining geologik-strukturaviy va geofizik mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neotektonik mezonlar asosida tuzilgan istiqbolli zonalar xaritasi «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 2 martdagi 07/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqbolli zonalarda seysmorazvedka va elektrorazvedka metodlari yordamida yangi lokal strukturalarni aniqlash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
gravitatsion maydon anomaliyalari asosida ajratilgan istiqbolli zonalar xaritasi «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 2 martdagi 07/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi neft`-gaz uyumlarini konturlash maqsadida bajariladigan geologik-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
uglevodorod konlarining fazoviy holat turiga qarab qidiruv-izlov usullarini tanlash bo‘yicha tavsiya «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 2 martdagi 07/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftli, neft`-gazli yoki gazli uyumlarning ehtimolli uchrash zonalarida olingan geofizik ma’lumotlariga ishlov berish va tahlil qilish usullarini ehtimolli uchrash zonalariga muvofiq tanlash va shu bilan birga qidiruv ishlarining samaradorligini oshirishga imkon bergan;
neft`-gaz uyumlarining taqsimlanishi va hajmiy ko‘rsatkichi bilan tektonik va gravimetrik omillarning bog‘lanish qonuniyati, ta’sir kuchi va ishonchliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «O‘zbekgeofizika» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining 2021 yil 2 martdagi №07/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft`-gazga istiqbolli zonalarini aniqlash uchun geologik-qidiruv ishlarni samarali rejalashtirish imkonini bergan.