Parpiev Sardor Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tinch holatda va jismoniy yuklamalar sharoitida sportchining (turli sport yo‘nalishlarida) yurak-qon tomir tizimida funksional-metabolik o‘zgarishlar xususiyati», 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib532.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Dilshodbek Ergashbekovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim; Talipova Yulduz Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sportning siklik turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda yurak faoliyatini jismoniy yuklamalarga moslashuvini buzilishi belgilarini tadqiq etish va ularni funksional metabolik o‘zgarishlar xususiyati bilan o‘zaro aloqadorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor siklik (engil atletika, velosiped va eshkak eshish) sport turlari bo‘yicha sportchilar orasida ACE, ACTN3, PPARA va PPARGC1A genlari chidamlilik va tezlikni nazorat etuvchi genotiplari nisbati bilan yurak zo‘riqishi belgilari uchrashi xarakteriga muvofiq toliqish sindromi kelib chiqishi havfi darajasini (yuqori va quyi) aniqlash imkoniyati isbotlangan;
ilk bor siklik sport turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi sportchilarda chidamlilik va tezlikni nazorat etuvchi genotiplar mua’yan assotsiatsiyasi va yurak elektrofiziologiyasi ko‘rsatgichlariga binoan individual jismoniy faollik turi (stayer yoki sprinter) va ularning yuqori sport natijalariga erishishi mumkin bo‘lgan ustuvor distansiyalari (qisqa, o‘rta va uzoq distansiyalar) aniqlangan;
ilk bor sportning siklik va atsiklik turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar yurak ritmi va chastotasi, yurak bo‘lmachasi va qorinchasi impul`s o‘tkazuvchanligi kabi yurak qo‘zg‘aluvchanligi hamda o‘tkazuvchanligi buzilishlarini alohida va birgalikda uchrashi xarakteriga qarab yurak zo‘riqishi holatini bashorat qilish va erta aniqlash imkoniyati asoslangan;
yurak zo‘riqishi belgilari aniqlangan sportchilar orasida kardiorespirator tizimi funksional ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar yurak zo‘riqishi belgilari aniqlanmagan sportchilarga nisbatan ko‘proq ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tinch holatda va jismoniy yuklamalar sharoitida sportchining (turli sport yo‘nalishlarida) yurak-qon tomir tizimida funksional-metabolik o‘zgarishlar xususiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sportning siklik turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarida zo‘riqish va charchash sindromini bashorat qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Sportning siklik turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarida zo‘riqish va charchash sindromini bashorat qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/394-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sportchilarning funksional holatini aniqlashda yurakning elektrofiziologik ko‘rsatkichlarini tinch holatda va standart quvvatdagi yuklamalar fonida o‘lchash hamda o‘z vaqtida sportchilarning yurak faoliyatiga tashxis qo‘yish imkonini bergan.
yurakning standart quvvatdagi yuklamalarga dezadaptatsiya belgilarini erta aniqlash va u asosida charchash va zo‘riqish sindromlari profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish orqali sportchilarning sport natijalarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanoma O‘zbekiston engil atletika va velosport federatsiyalari sport shifokorlari va murabbiylari amaliyotiga joriy etilgan (Engil atletika federatsiyasining 2020 yil 14 oktyabrdagi va velosport federatsiyasining 2020 yil 15 oktyabrdagi ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari). Joriy qilingan natijalar mazkur sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda individual mashq dasturlarini shakllantirish orqali ulardagi charchash va zo‘riqish sindromlari rivojlanishining profilaktikasiga bo‘lgan yondashuvlarni shakllantirish imkonini bergan.