Yusupova Muhabbat Anatol`evnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish tizimi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped817.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Muxitdinova Munira Ravshanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatishning nazariy, psixologik-pedagogik jihatlari kasbiy tayyorgarlik bosqichlari (motivatsion, kognitiv, refleksiv)ni til ko‘nikmalarini differensial o‘quv muhitiga integratsiyalashtirish asosida takomillatirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini loyiha texnologiyasi asosida ingliz tilini samarali o‘rgatishga tayyorlashning metodik tizimi mazmuni kasbiy faoliyatga doir zamonaviy ko‘nikmalar ( maqsadni qo‘ya olish, bashorat qilish, qaror qabul qilish)ni interpretativ o‘quv topshiriqlari vositasida intensiv shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish modeli talabalarda o‘quv muhitini loyihalashtirish motivatsiyasini kuchaytirish tamoyillari va metodlarini innovatsion o‘quv muhiti (axborotli, texnologik moslashuvchan, mustaqil faoliyatga yo‘nalgan) talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatishga doir psixolingvistik, pedagogik, metodik tavsiyalar asosida xorijiy tilni o‘rganish jarayonining didaktik imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatishning nazariy, psixologik-pedagogik jihatlari kasbiy tayyorgarlik bosqichlarini integratsiyalashtirishga oid metodik tavsiyalaridan I-OT-2017-4-2 raqamli “Metodik tizimda kompyuter imitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni yaratish va imkoniyati cheklangan yoshlar ta’limida joriy etish” nomli innovatsion loyihada ingliz tilida matnlar va mashqlar to‘plamini yaratishga qo‘yiluvchi talablarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 89-03-481-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak talabalarning xorijiy tilni axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan muhitda o‘rgatish jarayonini loyihalashtirish ko‘nikmalarini samarali shakllantirishga sharoit yaratilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini loyiha texnologiyasi asosida ingliz tilini samarali o‘rgatishga tayyorlashning metodik tizimi mazmuni kasbiy faoliyatga doir zamonaviy ko‘nikmalar ehtiyojini aniqlash, maqsadni qo‘ya olish, bashorat qilish, tahliliy va interpretatsiya qilishga oid takliflaridan I-2016-4-15 raqamli “Kutubxona resurslaridan mobil` aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” nomli amaliy loyihada xorijiy tildagi axborotlar bilan ishlash jarayonini loyihalashtirishga oid topshiriqlar to‘plamini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 89-03-481-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining loyiha texnologiyasidan samarali foydalanishga oid kasbiy kompetensiyalarini tizimli ravishda boyitishga erishilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish modeli talabalarda o‘quv muhitini loyihalashtirish motivatsiyasini kuchaytirish mexanizmlari nazariy-amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim, ijodiy loyihalar, mashg‘ulotlarga qo‘yiladigan talablar zamonaviylik, pedagogik texnika, o‘quv vaziyatini yaratishga hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish tizimi o‘qituvchi-talaba-natija munosabatini tanqidiy va ijodiy fikrlash, kommunikativ dialog, ijodiy va aks ettiruvchi qobiliyatlarini aniqlashtirishga oid metodik tavsiyalari “Madaniyatlararo muloqot” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada OTM o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv jarayoniga psixologik, tashkiliy, metodik jihatdan tayyorlik darajalarini ob’ektiv baholash imkoniyati yaratilgan va “Xorijiy til va adabiyoti” (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining kasbiy, etnopsixologik aspektlari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish