Xoshimova Dilnoza Rihsiboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda ingliz tilidagi hissiy-ekspressiv nutqni mnemonik baza asosida tezkor o‘stirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped812.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shahzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduganieva Jamila Rustamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ingliz tilidagi hissiy-ekspressiv nutqni mnemonik baza asosida tezkor o‘stirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz tilidagi hissiy-ekspressiv nutqni mnemonik baza asosida tezkor o‘stirishning pedagogik imkoniyatlari talabalarda shaxsiy qiziqish va hissiy-emotsional faoliyatni fikr va diqqatni yorqinlashtirish asosida kengaytirilgan; 
talabalarda ingliz tilidagi hissiy-ekspressiv nutqning sun’iy assosatsiyalarini shakllantirish mezonlari xotira koeffisientini kengaytirish hamda suggestopediya (ishontirish, obrazlarni nutqqa ko‘chirish) metodiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ingliz tilidagi hissiy-ekspressiv nutqni mnemonik baza asosida tezkor o‘stirish modeli pedagogik vaziyatlarni nutqiy muhitga maqbul ravishda ilmiy (til o‘rgatish tamoyillari: uzviylik, ko‘rgazmalilik, tizimlilik), uslubiy(til ko‘nikmalari bo‘yicha topshiriqlarni tabaqalashtirish) va amaliy (ijodiy ishlar, loyihalar) g‘oyalarni birlashtirish va immitatsion (real hayotga yaqinlashtirilgan nutqiy muhit modeli) vaziyatlarni yaratish asosida takomillashtirilgan;
til o‘rganish jarayonida dialogik, monologik nutqiy muhitni mnemonik baza asosida yaratish orqali talabalarda hissiy-ekspressiv nutqni tanqidiy va ijodiy fikrlash, aks ettirgan qobiliyatlarni intensiv rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ingliz tilidagi hissiy-ekspressiv nutqni mnemonik baza asosida tezkor o‘stirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari:
til o‘rganish jarayonida dialogik, monologik nutqiy muhitni mnemonik baza asosida yaratishga oid metodik tavsiyalaridan I-2016-4-15 raqamli “Kutubxona resurslaridan mobil` aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish” (oliy ta’lim muassasalari misolida) nomli amaliy loyihasida nutqni, ijodiy fikrlash, til o‘rganish qobiliyatlarini intensiv rivojlantirishga oid matnlarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 89-03-482-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning axborot bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
pedagogik vaziyatlarni nutqiy muhitga maqbul ravishda ilmiy, uslubiy va amaliy moslashtirish, nutqiy muhit jarayonida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining milliy mafkuraga sadoqatini mustahkamlash, xalqaro madaniyatni o‘rganish va o‘rgatishga samarali tayyorlashning metodik ish tizimi hamda tavsiyalari oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yaratilgan “Madaniyatlararo muloqot” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada talabalarning xalqaro muloqot, tolerantlik ko‘nikma va malakalarini maqsadli rivojlantirishning metodik imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarda ingliz tilidagi hissiy-ekspressiv nutqni mnemonik baza asosida tezkor o‘stirishga, xotira koeffisientini kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlaridan darsda va darsdan keyingi mustaqil faoliyatda foydalanish bo‘yicha o‘quv muhitini yaratishga oid tavsiyalari asosida “Chet tilini o‘qitishni mnemotexnologiya yordamida takomillashtirish” nomli kompyuter dasturi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining  2020 yil 29 yanvar`, № DGU 07626-guvohnomasi). Natijada talabalar uchun til o‘rganish va o‘rgatishga oid kasbiy kompetensiyalarni mustaqil egallashga mo‘ljallangan didaktik ta’minot yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish