Muxtarov Utkirjon Mutalibjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):“O‘zbekistonda falsafiy ta’limni rivojlantirishning ilmiy-konseptual xususiyatlari”,09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal63.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlar doktori, professor; Izzetova Emine Mustafaevna falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzluksiz ta’lim tizimida falsafiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy intellektual ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ta’limi tizimida yangi joriy etilgan tarbiya fani tarkibiga kiruvchi milliy g‘oya, ma’naviyatshunoslik, dinshunoslik, axloqshunoslik, nafosatshunoslik kabi falsafiy fanlarni shaxsiy, shaxslararo va shaxsdan yuqori darajalarda o‘qitishning aksiologik, epistemologik, informologik falsafiy jihatlar aniqlangan;
yangi O‘zbekistonda milliy-g‘oyaviy dunyoqarash hamda daxldorlik hissini shakllantirishda falsafiy fanlarni davlat, din va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda qo‘llashning pozitivistik, tolerantlik, dunyoqarashlik, tadrijiylik funksiyalari asoslangan;
milliy falsafiy ta’limda yuventologiya, kreotologiya, revitalizatsiya, immortologiya kabi ta’limotlar asosida formallashtirish, tuzilmaviy-funksional, mantiqiylik va gipotetik-deduktiv metodologik parametrlarning falsafiy mexanizmlari sintezi dalillangan;
tafakkurning formatsiyalar yaratish qobiliyatini hisobga olgan holda yangi Renessans tamoyillarini yoshlar ongiga singdirishda supermental inson tushunchasining irodaviylik, ratsionallik, irratsionallik va hissiy-empirik kabi intuitiv-mushohadaviy falsafiy jihatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda falsafiy ta’limni rivojlantirishning ilmiy-konseptual xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalq ta’limi tizimida yangi joriy etilgan tarbiya fani tarkibiga kiruvchi falsafiy fanlar (milliy g‘oya, ma’naviyatshunoslik, dinshunoslik, axloqshunoslik, nafosatshunoslik)ni shaxsiy, shaxslararo va shaxsdan yuqori darajalarda o‘qitishning aksiologik, epistemologik, informologik metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyuldagi 597-son “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qaror loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Inson huquqlari Milliy markazining 2020 yil 22 yanvardagi 11/73-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limning falsafiy, metodologik va pedagogik jihatlarini yanada kuchaytirishga, shu orqali jamiyatda bola huquqlariga oid huquqiy madaniyatni shakllantirish mexanizmlarini aniqlab berishga ko‘mak bergan;
yangi O‘zbekistonda milliy-g‘oyaviy dunyoqarash hamda daxldorlik hissini shakllantirishda falsafiy fanlarni davlat, din va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda qo‘llashning pozitivistik, tolerantlik, dunyoqarashlik, tadrijiylik funksiyalari haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining “Yoshlarda ta’lim tarbiya uyg‘unligini shakllantirish, ta’lim tizimining nazariy asoslarini mustahkamlash” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 09-14/1827 son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz ta’lim tizimining nazariy asoslarini mustahkamlash hamda yoshlarda ta’lim va tarbiya uyg‘unligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy falsafiy ta’limda yuventologiya, kreotologiya, revitalizatsiya, immortologiya kabi ta’limotlarining integratsiyalashuvi asosida formallashtirish, tuzilmaviy-funksional, mantiqiylik va gipotetik-deduktiv metodologik parametrlarning falsafiy mexanizmlarigaoid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan caylovoldi dasturining oltinchi bo‘lim “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar” bo‘yicha ish rejasining 1-bandi “Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni saqlash va boyitish” loyihasini amalga oshirishda, 2-bandi “Yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan muhofaza qilish” loyihasini ishlab chiqishda, 3-bandi “Milliy, tarixiy-ilmiy madaniyat va manbalarni o‘rganish va targ‘ib etish” loyihasini ishlab chiqishda va amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020 yil 26 fevraldagi 01-91 son ma’lumotnomasi). Natijalar, ilmiy xulosalar va amaliy takliflar milliy falsafiy ta’limning nazariy masalalarini o‘rganish borasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga ijobiy ta’sir o‘tkazgan;
tafakkurning formatsiyalar yaratish qobiliyatini hisobga olgan holda yangi Renessans tamoyillarini yoshlar ongiga singdirishda supermental inson tushunchasining irodaviylik, ratsionallik, irratsionallik va xissiy-empirik kabi intuitiv-mushohadaviy usullariga oid taklif va tavsiyalaridan “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularni ishga joylashtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishini ta’minlash” to‘g‘risidagi 2019 yil yanvardagi 217-son maxsus chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining 2020 yil 14 yanvardagi 04-13/152-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining respublikadagi uyushmagan yoshlarini bilim darajasi, falsafiy tafakkurini yuksaltirish, uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etishga oid rejasini takomillashtirishga hissa qo‘shgan.