Abdullaev Shuxratjon Raximjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):“Milliy manfaatlar paradigmasida ahil qo‘shnichi¬lik munosabatlarining ijtimoiy-falsafiy tadqiqi” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal2l0.
Ilmiyrahbar:Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafafanlaridoktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Baltabaeva Aida Tinaybekovna, falsafa fanlar doktori, dotsent; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ahil qo‘shnichilik omilining O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarida ustuvor yo‘nalish kasb etish jarayonini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berish, mintaqaviy tafakkur yuksalishida uning nazariy va amaliy ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«ahil qo‘shnichilik munosabatlari» tushunchasi ijtimoiy-madaniy taraqqiyotni belgilovchi ustuvor yo‘nalish sifatida jamiyatning maqsad va ehtiyojlarini o‘zida ifodalagan hamda oqilona murosaga asoslangan bunyodkor g‘oya va amaliyot ekanligi retrospektiv kuzatuv metodi asosida dalillangan;
sotsiumlararo manfaatlarning hamkorlik, o‘zaro taraqqiyotni ta’minlash, do‘stona munosabatlarni rivojlantirish kabi ontologik tabiati tutashligi hamda barqarorlik kafolati ekanligi va taraqqiyotni ta’minlashda ahil qo‘shnichilik madaniyatining o‘zbek mentalitetining immanent xususiyati sifatidagi ta’sirchan roli ochib berilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida ahil qo‘shnichilikni yanada yuksaltirish zaruriyati va O‘zbekiston milliy manfaatlarining mintaqadagi o‘zaro ishonchning o‘sishiga, ijtimoiy munosabatlar doirasida ma’naviy inqiroziga barham beruvchi, bunyodkorlik xususiyatlari hamda xalqlar o‘rtasida ahillikni mustahkamlashdagi milliy manfaatlarni muvofiqlashtiruvchi va mintaqaviy manfaatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi, tinchlik va totuvlikni mustahkamlovchi kabi pozitiv natijalari aniqlangan;
o‘zbek mentaliteti negizida ahil qo‘shnichilik manbalarining kvintessensiyasi (mohiyat, asos) barqarorligi hamda ijtimoiy-madaniy paradigmalar transformatsiyalashuvi sharoitida ahil qo‘shnichilik munosabatlariga ehtiyoj va zaruriyatning o‘sganligi ilmiy-falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy manfaatlar paradigmasida ahil qo‘shnichilik munosabatlarining ijtimoiy-falsafiy tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar natijalari asosida:
ahil qo‘shnichilik munosabatlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotni belgilovchi ustuvor yo‘nalish sifatida jamiyatning maqsad va ehtiyojlarini o‘zida ifodalagan hamda oqilona murosaga asoslangan bunyodkor g‘oya va amaliyot ekanligi haqidagi ilmiy-falsafiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan caylovoldi dasturida keng foydalanilgan. Jumladan, partiyaning 2020 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ish rejasining 39 – bandi «O‘zbekistondan tashqarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarining muhofazasiga qaratilgan «Vatandoshga suyanchmiz» loyihasini amalga oshirishda, 72 – bandi «Milliy urf - odat, an’ana va qadriyatlarni saqlashni kuchaytirish va rivojlantirish konsepsiyasi» loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2020 yil 20 fevraldagi 01-72 son ma’lumotnomasi). Natijada respublikada milliy hamjihatlikni ta’minlash, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikning empirik jihatlarini o‘rganishda nazariy-metodologik tadqiqotlarga tayanish imkonini berib, konseptual qarashlar va empirik jarayonlar uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan;
sotsiumlararo manfaatlarning ontologik tabiati tutashligi (hamkorlik, o‘zaro taraqqiyotni ta’minlash, do‘stona munosabatlarni rivojlantirish) hamda barqarorlik kafolati ekanligi va bunday taraqqiyotni ta’minlashda ahil qo‘shnichilik madaniyatining o‘zbek mentalitetining immanent xususiyati ekanligiga oid taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi faoliyatining «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi»ning beshinchi ustuvor yo‘nalishi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2020 yil 4 fevraldagi 01-09-225-son ma’lumotnomasi). Natijada millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirishda, respublikada istiqomat qilayotgan millat va elatlar orasida do‘stlik muhitini yuksaltirishda, Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida o‘zaro yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona hamkorlik jarayonlarini yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida ahil qo‘shnichilikni yanada yuksaltirish zaruriyati va O‘zbekiston milliy manfaatlarining mintaqadagi o‘zaro ishonchning o‘sishiga, ijtimoiy munosabatlar doirasida ma’naviy inqiroziga barham beruvchi, bunyodkorlik xususiyatlari hamda xalqlar o‘rtasida ahillikni mustahkamlashdagi milliy manfaatlarni muvofiqlashtiruvchi va mintaqaviy manfaatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi, tinchlik va totuvlikni mustahkamlovchi kabi pozitiv natijalariga oid tadqiqot ishidagi xulosalar, amaliy taklif tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining faoliyatidagi targ‘ibot ishlarini yanada optimallashtirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan №1-071 raqamli shartnoma asosidagi «Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish» mavzusidagi loyiha ijrosida, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va barcha targ‘ibotchilar uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanma tayyorlashda va mavzuga oid turkum ko‘rsatuvlar hamda muhokamalarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 3 iyundagi 02/010-695-19 son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar maqsadli dasturlar vositasida jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga, aholi orasida totuvlik, do‘stona munosabat va taraqqiyotni yanada mustahkamlashga, targ‘ibiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek mentaliteti negizida ahil qo‘shnichilik manbalarining kvintessensiyasi (mohiyat, asos) barqarorligi hamda ijtimoiy-madaniy paradigmalar transformatsiyalashuvi sharoitida ahil qo‘shnichilik munosabatlariga ehtiyoj va zaruriyatning o‘sganligi tahlil etilgan ilmiy falsafiy xulosalardan Oliy ta’lim tizimida ta’lim va tarbiya jarayonlarida qo‘llanilganligi, jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099 raqamli «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi loyiha ijrosida, shuningdek sohaga oid fanlarni o‘qitishda ma’ruza matnlari va o‘quv metodik qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 yanvardagi 89-03-309-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy etilishi yoshlarda milliy manfaat tushunchasini yanada chuqurroq anglash va Markaziy Osiyo xalqlari ahilligining tarixiy va zamonaviy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan.