Djuraev Sherzod Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri: “Gidroponika usulida tabiiy ozuqa tayyorlash qurilmasini ishlab chiqish va ratsional parametrlarini aniqlash”, 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlariixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/T1298.
Ilmiy rahbar: Sharibaev Nosirjon Yusubjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar:Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor. Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik turdagi gidroponika usulida ozuqa tayyorlash avtonom tizimli qurilmasini ishlab chiqish va uning ratsional parametrlarini nazariy va amaliy aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harorat, yorug‘lik miqdori va latoklarni ko‘tarilish balandliklarini ozuqaga ta’sir etish darajasini inobatga olgan holda gidroponika usulida ozuqa tayyorlash qurilmasining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
yangi ishlab chiqilgan qurilmada, donlarni lotokda harakatlanish qonuniyatlari va jarayonga ta’sir qiluvchi omillar tahlili asosida qurilmani avtomatik boshqarish kichik mexatronik tizimi yaratilgan;
uskuna va xomashyoga ta’sir etuvchi kuchlarning ta’sirida muvozanatda bo‘lishi shartidan kelib chiqqan holda yaratilgan uskunaning ish jarayonidagi statik va dinamik muvozanat matematik bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
yaratilgan matematik model yordamida qurilmadagi sug‘orish jarayonida urug‘lar va ozuqa to‘shagining dinamik muvozanati tahlili natijasida, qurilma lotoklarining optimal o‘lchamlari aniqlangan;
jarayon mahsuldorligiga suvning harorati, yoritilganlik va lotoklarning asosga nisbatan ko‘tarilish balandliklari ta’sirini o‘rganish orqali olingan regression tenglamalar echimlari asosida yaratilgan kichik mexatronik tizimning ratsional parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidroponika usulida ozuqa tayyorlash qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari:
gidroponika usulida ozuqa tayyorlash qurilmasi konstruksiyasi Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan “G‘ayrat bo‘rdoqichilik” va Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Agrosanoat” fermer xo‘jaligida qoramollar uchun ozuqa tayyorlashga joriy qilingan (Qishloq Xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20-yanvardagi №-02/027-184 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ozuqa, sigirlar sutining sifat ko‘rsatkichlari 3.8 % ga oshirishi qoramollarni tirik vazni maxalliy ozuqa emga nisbatan boqilganga nisbatan 12% oshgani aniqlangan;
gidroponika usulida ozuqa tayyorlash qurilmasi va uning ratsional parametrlari Toshkent viloyati Chinoz tumanida «Rocconto» oilaviy korxonasi va MITECH group MChJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan ozuqa tayyorlash kompleksida joriy etilgan. Natijada baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarning oylik rivojlanishi (go‘shtiga nisbatan) an’anaviy usulda boqilgan baliqlarga nisbatan 9% oshgani aniqlangan.