Safarov Nazirjon Muhammadjonovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta xomashyosi uchun quyoshli-quritish qurilmasi issiqlik manbaining usuli va uskunasini yaratish”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar, Robotlar, mexatronika va robotatexnika tizimlari”ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T88.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Rufat Gulyamovich, texnika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar:Mamatov Alisher Zununovich texnika fanlari doktori, professor; Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich texnika fanlari doktori, professor; Usmonqulov Alisher Qodirqulovichtexnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani quyosh energiyasi yordamida quritish qurilmasini yaratish orqali paxta tolasining tabiiy sifatini saqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritish uskunasida quritilayotgan paxta bilan issiq havo o‘rtasidagi issiqlik almashinuv jarayonlarini o‘rganish natijasida olingan tenglama asosida paxta va havo temperaturasi va namliklari o‘zgarishining dastlabki ko‘rsatkichlari va vaqtga bog‘liqligi aniqlangan;
quritgich kamerasida borayotgan qurish jarayoni hamda quritilgan paxtaning sifat ko‘rsatkichlari issiqlikni hosil qilish usuliga bog‘liq ekanligini hisobga olgan holda paxtani quyosh energiyasidan foydalanib quritish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
quritgich kamerasida borayotgan paxtani jarayoni ko‘rsatkichlari quritilayotgan paxta massasiga bog‘liqligidan kelib chiqib, turli qalinlikdagi paxta temperaturasi va namligi o‘zgarishining havo temperaturasi, namligi va ta’sir vaqtiga bog‘lanishi aniqlangan;
chigitli paxtani quvurlarda issiq havo yordamida tashish jarayoni uchun ishlab chiqilgan matematik model asosida quvur uzunligi bo‘yicha paxtaning issiq havo ta’sirida bo‘lish vaqti, havo tezligi va temperaturasining paxtadagi qoldiq namlikka ta’siri aniqlangan;
quritish uskunasi havoqizdirgichidagi quritish agenti temperaturasi bilan quritish samaradorligining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda paxtaning dastlabki sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan va maksimal darajada namlik olinishini ta’minlovchi havo temperaturasi aniqlangan;
quritish uskunasiga yuborilayotgan havo temperaturasi va tezligining paxtadagi namlik miqdoriga ta’sirini hisobga olgan holda bajarilgan statistik tahlillar natijasida uskunaga uzatiladigan issiq havoning optimal va kritik tezliklari aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta xomashyosini quritish uchun quyoshli quritish qurilmasiga issiqlik manbai va uning uslubini yaratish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani quyosh energiyasi yordamida quritish texnologiyasi “Kosonsoy paxta tolasi” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishga joriy qilingan. Natijada, tolaning nisbiy uzilish kuchi- 2,7gk/teks ga ortgan; kalta tolalar miqdori -0,2% kamaygan; tolalarning nur qaytarish koeffisienti – 3,4% ga ortgan; tolalarning sariqlik darajasi -1,1% ga kamaygan. Namangan muhandislik texnologiya instituti dastlabki sinovdan o‘tkazilgan. Natijada, paxtani quritish qurilmasini ishga yaroqliligi ya’ni aniqlangan. 1-sort 3-sinf, 10,1 % namlikda, 8,2 % ifloslikda chigitli paxta quritilgan. Quritish vaqti inobatga olinib, kurigandan so‘ng chigitli paxta namligi 8,5% ni tashkil qildigan.
paxtani quyosh enegiyasidan foydalanib optik lupalar yordamida quritish qurilmasi Kosonsoy paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoat» A/Jning 2018 yil 13 sentyabrdagi №02-1815331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxtani nisbatan past xaroratda (90-95oS) quritilishi tolalarning tabiiy xususiyatlarini maksimal darajada saqlab qolishni ta’minlagan.